O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


XXVIII bob. NARSANI MUSODARA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet353/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

XXVIII bob. NARSANI MUSODARA QILISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh
YURITISh
337-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani
musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari tomonidan ijro etiladi.
(337-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-448-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
338-modda. Musodara qilingan narsani sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan musodara
qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
339-modda. Narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish
yuritishning tugallanishi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni
musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni
tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha
sudga yuboradi.


(339-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
XXIX bob. MAXSUS HUQUQDAN MAHRUM ETISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA
ISh YURITISh
340-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etuvchi organlar
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu
Kodeksning 
248-moddasida 
ko‘rsatib o‘tilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari
tomonidan ijro etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish
to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeks 249 -moddasining 
to‘rtinchi qismida 
ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor
shaxslari tomonidan ijro etiladi.
(340-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-
martdan kuchga kiradi)
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi
ikkinchi qismida
 aytib o‘tilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi
organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling