O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet354/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

341-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan
mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish
to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan
ijro etiladi.
Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli
kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo‘lsa, haydovchilik
guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi
turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qo‘yiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish
huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi esa — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
(341-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-
martdan kuchga kiradi)
342-modda. Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro
etiladi.
Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo‘yin tovlagan
taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar
ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo‘yadilar.
343-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va
tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan
mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini
ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday huquqdan
mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan
tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan
qisqartirishi mumkin.
(343-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
1



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling