O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet357/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

346 -modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston
Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan
ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish mazkur shaxslar qaysi chet davlat
hududiga chiqarib yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy
ravishda topshirish yoxud chiqarib yuborilayotgan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan
nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar chiqarib yuborilayotgan shaxsni chet davlat vakiliga topshirish O‘zbekiston
Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, chiqarib
yuborish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari tomonidan
belgilanadigan joyda amalga oshiriladi.
(346 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-753-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/753/0133-son)
Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining Davlat
chegarasidan o‘tkazish punkti orqali chiqarib yuborish to‘g‘risida mazkur shaxs qaysi chet davlat
hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha chet davlatning hokimiyat vakillari,
agar O‘zbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan
bo‘lsa, xabardor qilinadi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy tarzda chiqarib yuborish
to‘g‘risidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(XXX bob O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling