O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet348/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

BEShINChI BO‘LIM
MA’MURIY JA3O QO‘LLANISh TO‘G‘RISIDAGI QARORLARNI IJRO ETISh
XXV bob. ASOSIY QOIDALAR
325-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ijrosining majburiyligi
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor
shaxslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir.
326-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishga qaratish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va O‘zbekiston
Respublikasining boshqa qonunchiligida o‘zgacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, chiqarilgan
paytdan boshlab ijro etilishi lozim.
(326-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berilgan yoki
protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz
qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib
olinadigan jarima solish to‘g‘risidagi qaror bundan mustasnodir.
(326-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 
332-
moddasida 
belgilangan muddati o‘tib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi.
(326-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs)
tomonidan ijro etishga qaratiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling