O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet342/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

324 -modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, quyidagilarga haqli:
1) sud hujjatini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan
qoldirishga;
2) sud hujjatini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni apellatsiya instansiyasida yangidan
ko‘rish uchun yuborishga;
3) sud hujjatini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
4) ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
5) sud hujjatlarini bekor qilishga va ishni yuritishni tugatishga;
6) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik
to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirishga;
7) kassatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinganligi munosabati bilan kassatsiya ish yurituvini
tugatishga.
324 -modda. Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar
21
9
22
23


Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi sud hujjatini kassatsiya
tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hujjati faqat birgina yuzaki asoslarga ko‘ra bekor qilinishi
mumkin emas.
324 -modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrimni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
2) sud ishining raqami, ajrim qabul qilingan sana va joy;
(324 -modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
3) ajrim qabul qilingan ish;
4) kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari mazmuni;
6) sudning kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan xulosalari va
sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudya tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling