324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizaning shakli va mazmuni
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib
chiqish
to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan
imzolanadi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish
to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi),
ularning turgan
joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul
qilgan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana;
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikriga ko‘ra qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini
qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladigan yangi ochilgan holat;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari;
Oldingi
tahrirga qarang.
(324 -modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-
716-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-
son)
3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani ish yuritishga qabul qilish
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish
to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qo‘yilayotgan
talablarga
rioya etilgan holda berilgan ariza tegishli sudning ish yurituviga qabul qilinadi.
Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish to‘g‘risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan
e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga ushbu Kodeksning
324 -
moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: