324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani ko‘rib chiqish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmagan muddatda,
ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqiladi.
Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib
chiqish uchun
to‘sqinlik qilmaydi.
324 -modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi
arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan qabul qilinadigan ajrim
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari o‘zi qabul
qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida ajrim
chiqaradi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan ajrimning ko‘chirma
nusxalari
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi
(protest keltirilishi) mumkin.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda,
ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni
ushbu Kodeksda belgilangan
umumiy tartibda takroran ko‘radi.
(XXIV bob O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan
kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: