344-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini hisoblash
Transport vositalarini haydovchilar va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan
mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan
deb hisoblanadilar.
Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘tgach, shuningdek bu muddat ushbu
Kodeksning
343-moddasiga
muvofiq qisqartirilgan taqdirda, shunday ma’muriy jazo chorasiga
tortilgan shaxsga undan olib qo‘yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchi haydovchilik
guvohnomasini topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bu huquqdan mahrum etish muddati
guvohnoma olib qo‘yilgan kundan boshlab, lekin qaror chiqargan organ belgilagan mahrum etish
muddati tugashidan kechiktirmasdan hisoblanadi.
XXX bob. MA’MURIY QAMOQQA OLISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI IJRO ETISh BO‘YIChA ISh
YURITISh
345-modda. Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgandan keyin darhol ijro etiladi.
346-modda. Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar ichki ishlar organlari belgilab qo‘ygan joylarda qamoqda
saqlanadilar. Ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish chog‘ida qamoqqa olinganlar
shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladilar.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati ma’muriy qamoq muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ma’muriy qamoqni o‘tash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar
asosida amalga oshiriladi.
(346-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar jismoniy ishlarda foydalaniladi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar mehnatidan foydalanishni tashkil etish tuman (shahar)
hokimliklariga yuklatiladi.
Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga qamoqda bo‘lgan vaqtlari uchun doimiy ish joylaridan
ish haqi to‘lanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi
Qonuni
, Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 734-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan
shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risida
nizom
, O‘zbekiston
Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ma’muriy
qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
, Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 13-iyuldagi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus
qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida
nizom
, O‘zbekiston Respublikasi
ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan
shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib
qoidalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |