belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida to‘lanmasa, ishni ko‘rib chiqish va
qarorni
ijro etish ushbu Kodeksning
332
va
333-moddalarida
nazarda
tutilgan tartibda amalga
oshiriladi.
335-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish ishlarini tugallash
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis
undirib olingach,
uning ijro
etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga
qaytariladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng davlat ijrochisi
ijro ishini yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning
bir nusxasini uni chiqargan
organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.
(335-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-
son)
XXVII bob. NARSANI HAQINI TO‘LASh ShARTI BILAN OLIB QO‘YISh TO‘G‘RISIDAGI QARORNI
IJRO ETISh BO‘YIChA ISh YURITISh
336-modda. Narsani haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Oldingi
tahrirga qarang.
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror asosida olib qo‘yilgan
narsalar
belgilangan tartibda shartnoma-vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kimoshdi savdosida
realizatsiya qilinadi.
(336-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qurolni va uning o‘q-dorilarini haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari
tomonidan ijro etiladi.
(336-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-
sentabrdan kuchga kiradi)
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yilgan narsani sotishdan tushgan pullar ushbu Kodeksning
26-moddasiga
muvofiq olib qo‘yilgan narsalarni sotish xarajatlarini chegirib qolib, shu narsalarning
sobiq egasiga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: