51 -modda. Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish
Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(51 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
51 -modda. Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari
taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish
Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini,
shuningdek saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish)
tartibini buzish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(51 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
36-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining
146, 147-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi
to‘g‘risida”gi Qonunining
43-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi
103-moddasi
.
VI bob. AHOLI SOG‘LIG‘INI SAQLASh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY
JAVOBGARLIK
Do'stlaringiz bilan baham: |