55-modda. Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va boshqa
talablarni buzish
Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va boshqa talablarni buzish —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(55-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Oldingi
tahrirga qarang.
56-modda. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz
miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish
Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini
ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish —
Oldingi
tahrirga qarang.
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib,
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, o‘n besh
sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.
(56-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining
276-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |