O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


VII bob. MULKKA TAJOVUZ QILUVChI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

VII bob. MULKKA TAJOVUZ QILUVChI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
Oldingi
 tahrirga qarang.
60-modda. Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yerdan, suvdan, o‘simlik yoki hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish yoxud
yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti suvlari mustasno) egalik
huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish,
tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, —
(60-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-
603-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh
sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”
(60-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 
197

202 — 204

229 -moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “O‘simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Suv va suvdan foydalanish
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 
Qonuni
, “Yer osti boyliklari
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis
Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga
nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa
— ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash
bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —
1
2
2
1


fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa —
uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir
etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa
va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(60-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi
O‘RQ-708-sonli 
Qonuniga 
asosan ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling