O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Huquqiy maqomi


Download 52.83 Kb.
bet4/4
Sana03.06.2020
Hajmi52.83 Kb.
#113978
1   2   3   4
Bog'liq
MB


1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.19.00 Banklar va bank faoliyatiga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]

53-modda. Markaziy bank qo‘llaydigan choralar va sanksiyalar

Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega.

Agar yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank o‘tkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug‘dirgan bo‘lsa, Markaziy bank:

banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga;



Oldingi tahrirga qarang.

bankdan bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish, shu jumladan aktivlar tuzilmasini o‘zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini ko‘rishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga;



(53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha o‘zgartirishga;

bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo‘lgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha muddatga taqiqlab qo‘yishga;

bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish yoki Markaziy bank ko‘rsatmalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan davrda mansabdor shaxslar va aksiyadorlar ega bo‘lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilishga;



 LexUZ sharhi

Tijorat banklarga vasiylik qilish shartlari, asoslari va tartibi “Banklarga vasiylik qilish to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 570, 19.12.1998-y.) bilan belgilangan.

bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olishga haqlidir.

Bank filiallari to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qat’iy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanksiyalar qo‘llashga haqli.



(53-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank:

mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga;

lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.

Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qo‘llash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

(53-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

54-modda. Xalqaro hamkorlik

Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi.



(54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

IX. BANKLAR BILAN O‘ZARO MUNOSABATLAR

55-modda. Javobgarlikni cheklash

Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas, ular shunday javobgarlikni o‘z zimmasiga o‘zlari olgan hollar bundan mustasno.



56-modda. Banklarning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari

Markaziy bankka banklarning hisobvaraqlarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruxsat etiladi.



57-modda. Kliring va hisob-kitoblarni tashkil etish

Markaziy bank banklarga banklararo to‘lovlarga hisob-kitob-kliring xizmatini, shu jumladan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari orqali haq to‘lashni tashkil etishda yordam ko‘rsatish, shunday operatsiyalarni o‘tkazish tartibini o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilash va tegishli ko‘rsatmalar berishga haqlidir.



58-modda. Bank axborot tarmog‘i va statistik axborot yig‘ish

Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun axborot tarmog‘ini yaratadi va saqlab turadi.

Markaziy bank statistik axborotni tegishli organlardan yoki bevosita iqtisodiy faoliyat yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oladi.

Markaziy bank statistik axborotni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish qoidalari hamda amaliyotini tegishli tashkilotlar bilan kelishib olishda o‘z vakolatlari doirasida qatnashadi.



59-modda. Markaziy bankning imtiyozli huquqi

Markaziy bankka qarzdorning hisobvaraqlaridagi qoldiqlari hamda uning Markaziy bankdagi boshqa aktivlari hisobidan o‘zining barcha talablarini qondirishdan iborat qat’iy imtiyozli huquq berilgan, majburiy rezervlar sifatida Markaziy bank depozitida turgan banklar mablag‘i bu aktivlarga kirmaydi.

Markaziy bank o‘zining imtiyozli huquqini hisobvaraqlardagi qoldiqlarni ushlab qolish yoki boshqa aktivlarni maqbul narxlarda sotish va tushumdan sotish xarajatlarini chegirib tashlagandan keyin o‘ziga tegishli bo‘lgan miqdordagi to‘lovni ushlab qolish orqali amalga oshirishi mumkin.

60-modda. Markaziy bankning qarorlari ustidan shikoyat qilish

Markaziy bankning qarorlari va harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.



O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 21-dekabr,

154-I-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2006-y., 37-38-son, 373-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2009-y., 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda, 39-son, 423-modda, 52-son, 553-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda)

@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@



Huquqiy maqom

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni 3-moddasiga muvofiq Markaziy bank yuridik shaxs bo‘lib, u davlatning mutlaq mulkidir va o‘z xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi. Markaziy bank o‘z vakolatlari hamda vazifalari doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlaridan mustaqil ravishda qarorlar qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni 4-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati sohasini tartibga soluvchi va litsenziyalash, tartibga solish hamda prudensial nazorat bo‘yicha vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organidir.

Maqsadlar

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni 5-moddasiga muvofiq Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlari:



  • narxlarning;

  • bank tizimining;

  • to‘lov tizimlari ishlashining barqarorligini ta’minlashdan iboratdir.



Vazifalar

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni 12-moddasiga muvofiq:



  • pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini o‘z ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda e’lon qilishni amalga oshiradi;

  • har yili O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha axborotni taqdim etadi;

  • naqd pul muomalasini tashkil etadi;

  • valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;

  • valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;

  • banklarni va kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;

  • banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, lombardlarning, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining faoliyatini va qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;

  • hukumatning fiskal agenti vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bank operatsiyalarini va boshqa bitimlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash choralarini ko‘radi;

  • ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning rioya etishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;

  • Xalqaro valyuta fondining O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi mablag‘lari depozitariysi hisoblanadi, operatsiyalarni va bitimlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;

  • kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini ko‘radi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini, shu jumladan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining zaxiralarini boshqarishni, hisobga olishni va saqlashni amalga oshiradi.



Qadriyatlar

Burch
Burch – bu Markaziy bankda ishlashning naqadar muhimligini anglash va  Markaziy bankning strategik maqsadlarini tushunib etgan holda birgalikda baham ko‘rish;
Markaziy bankda ishlash – bu jamiyatga va davlatga xizmat qilishlikni anglash;
Markaziy bank o‘z strategik maqsadlariga erishishida daxldorlik hissi;
Burch – bu o‘z ishiga innovatsiyalarni, ya’ni yangilanishlarni kirita bilish qobiliyati
Burchni amalga oshirish uchun to‘xtovsiz rivojlanish, o‘z ustida ishlash va kamolotga etish tushiniladi.

Mas’uliyat
Mas’uliyat - bu berilgan barcha va’dalarning va yuklatilgan vazifalarning yuqori darajada ado etilishiga tayyorlik;
Mas’uliyat - bu murakkab vaziyatlarda nafaqat o‘zi uchun, balki jamoa uchun ham  qarorlar qabul qila bilish;
Mas’uliyat - bu xatolik emas, bu bildirilgan ishonch. Mas’uliyat - o‘z o‘ziga hisobdorlik, Markaziy bank, jamoa va o‘zining manfaatilari uchun axloqiy me’yorlar doirasida harakat qilish qobiliyatini o‘z ichiga oladi;
Mas’uliyat - bu shaxsning qarorlari yoki harakatlari natijasiga ta’sir etuvchi omil ekanligini anglash.

Jamoaviylik
Bu shunday tushunchaki, - “Biz barchamiz umumiy maqsad sari birlashganmiz va unga erishish uchun birga faol ishlaymiz”;
Jamoaviylik – bu murakkab masalalar vujudga kelganda Biz barchamiz kuchlarimizni safarbar etib, yagona muvofiqlashtirilgan mexanizm bo‘lib ishlashga bo‘lgan ishonchimiz;
Jamoa a’zolariga g‘amxo‘rlik. U yoki bu qarorning jamoa a’zolariga bo‘lgan ta’siri haqida qayg‘urish;
Bu shunday tushunchaki, “Kuchli jamoa – muvaffaqiyatimiz garovidir”;
Bu - hamkasblarni qo‘llab-quvvatlash, hamjixatlik, o‘zaro yordamga xozirlik, hamkasblarning “elkadoshligini” his qilish;
Markaziy bankning muvaffaqiyatlarga erishishida, uning jamoasi a’zosi bo‘lishdan faxrlanishdir.

@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@
Download 52.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling