O‘zbekiston respublikasining markaziy banki to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Huquqiy maqomi


Download 50.7 Kb.
bet3/4
Sana27.04.2020
Hajmi50.7 Kb.
#101672
1   2   3   4
Bog'liq
markaziy bank toʻgʻrisidagi qonun


48-modda. Hukumatga kredit berish

Oldingi tahrirga qarang.

Kreditlar hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan va bir yil ichida qiymati to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi.



(48-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

Kredit berish hukumat va Markaziy bank o‘rtasida alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari, to‘lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi kelishib olinadi.

Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badallar uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa to‘lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.

Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlaridan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas.



49-modda. Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida axborot almashuvi

Hukumat bilan Markaziy bank iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish uchun doimiy ravishda statistik axborot almashib turadilar.

Hukumat, vazirliklar va idoralar Markaziy bankka u o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, iqtisodiy axborot va hujjatlarni taqdim etadilar.

Oldingi tahrirga qarang.

VIII. BANKLAR, MIKROKREDIT TAShKILOTLARI LOMBARDLAR VA KREDIT BYuROLARI FAOLIYATINI, ShUNINGDEK QIMMATLI QOG‘OZLAR BLANKALARI IShLAB ChIQARIShNI TARTIBGA SOLISh HAMDA NAZORAT QILISh

(VIII bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

50-modda. Banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar

(50-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.



(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Markaziy bank banklarni, kredit byurolarini ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolari faoliyatini va qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.



(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Banklarni, kredit byurolarini ro‘yxatga olish, banklarga, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziya berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq evaziga amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi axborot e’lon qilinishi, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi kerak hamda tanishib chiqish uchun ochiqdir.



 LexUZ sharhi

Qarang: “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 2014, 08.10.2009-y.), “Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1291, 10.12.2003-y.).

(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, kredit byurolariga hamda qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.



(50-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

51-modda. Markaziy bankning nazorat vazifalarini bajarishga doir vakolatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Markaziy bank:

bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;

 LexUZ sharhi

Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar Rejasi” (ro‘yxat raqami 773-17, 13.08.2004-y.), “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 11.07.2008-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1419, 25.10.2004-y.).

Oldingi tahrirga qarang.

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan mikrokredit tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;



(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan lombardlar va kredit byurolari uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi.



(51-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: “Lombard tomonidan o‘z faoliyatini va operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida” qoidalar (ro‘yxat raqami 1290, 10.12.2003-y.).

Markaziy bank:



Oldingi tahrirga qarang.

banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolarining hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to‘g‘risida axborot so‘rash hamda olish;



(51-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;



Oldingi tahrirga qarang.

banklar va mikrokredit tashkilotlarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog‘langan shaxslarning, shuningdek lombardlar va kredit byurolarining faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash;



 LexUZ sharhi

Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2217, 14.04.2011-y.) va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom(ro‘yxat raqami 2209, 14.03.2011-y.).

(51-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

banklar va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilash;



(51-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (yangi tahrirda) (ro‘yxat raqami 992-1, 20.04.2004-y.).

bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;



 LexUZ sharhi

Qarang: “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 14.07.2015-y.).

ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;



Oldingi tahrirga qarang.

banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish;



(51-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro‘-e’tibori haqida axborot so‘rash va olish;



Oldingi tahrirga qarang.

banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buxgalterlariga, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo‘yish huquqiga ega.



 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom(ro‘yxat raqami 1641, 14.11.2006-y.).

(51-modda ikkinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

(51-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-54-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 373-modda)

Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank o‘z qarori to‘g‘risida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi.

 LexUZ sharhi

Qarang: “Bankning ustav fondi miqdorini, aksiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o‘zgartirish, ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 573, 19.12.1998-y.) 3-bo‘limi.

(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)

Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan bank auditi bilan bog‘liq har qanday ma’lumotlarni bevosita olishga haqli.



Oldingi tahrirga qarang.

Markaziy bank maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy bo‘lgan ichki nazorat qoidalarini tasdiqlaydi.



(51-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonunitahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

52-modda. Iqtisodiy normativlar

Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan:

kapitalning monandlik koeffitsiyentini;

 LexUZ sharhi

Qarang: “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2693, 06.07.2015-y.).

bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;



 LexUZ sharhi

Qarang: “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2707, 05.08.2015-y.).

yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini;



 LexUZ sharhi

Qarang: “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risida”gi Nizomning (ro‘yxat raqami 571, 19.12.1998-y.). 3 va 4-bo‘limlari.

likvidlilik koeffitsiyentlarini;

aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;

 LexUZ sharhi

Qarang: “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 14.07.2015-y.).

qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;



 LexUZ sharhi

Qarang: “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1306, 30.01.2004-y.).

ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.



 LexUZ sharhi

Qarang: “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1497, 15.07.2005 g.)

Oldingi tahrirga qarang.

Markaziy bank mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun majburiy iqtisodiy normativlarni belgilaydi.



(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin e’lon qiladi.



Download 50.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling