O‘zbekiston respublikasining markaziy davlat arxivlari o‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi ( O‘zr mda)ning tashkil topishi va faoliyati


-yilda kino, foto-fono hujjatlar bo'limi O'zbekiston MDA tarkibidan chiqarilib, O'zSSR Kino, fotofono hujjatlar MDAga aylantirildi


Download 20,9 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi20,9 Kb.
#237547
1   2   3   4
Bog'liq
MDA

1974-yilda kino, foto-fono hujjatlar bo'limi O'zbekiston MDA tarkibidan chiqarilib, O'zSSR Kino, fotofono hujjatlar MDAga aylantirildi.

1977-yilda esa O'zbekiston SSR MDA tarkibiy tuzilmasiga qator o'zgartirishlar kirildi. Unga ko'ra:

1. Rahbariyat.

2. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar bo'limi.

3. Tashkilotlar arxivlari, qimmatli hujjatlarni ekspertiza qilish va turkumlash bo'limi.

4. Sovet davri muassasalari fonlarining arxiv saqlov bo'limi.

5. Inqilobgacha bo'lgan muassasalar fondlarining arxiv saqlov bo'limi.

6. Mikrofoto nusxalarning arxiv saqlov bo'limi.

7. Shaxsiy fondlar va hujjatlarning arxiv saqlov bo'limi.

8. Bosma nashrlarning arxiv saqlov bo'limi.

9. Axborot-qidiruv tizimi bo‘limi.

10. Axborot, nashr, va hujjatlardan ilmiy foydalanish bo'limi.

11. Hujjatlarni saqlovini ta’minlash laboratoriyasi.

12. Ministrlik, tashkilot va respublika muassasalari hujjatlarini shartnoma-xo'jalik asosida tartibga solish bo‘limlari tashkil etildi.



O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, 1991-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (O'zR MDA) deb nomlandi. O'zR MDA fondlarida milliy bo'linishga qadar Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va O‘zbekistonning bir qismi kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O'zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanib kelmoqda. O'zR MDA O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi yo'riqnomalari, qoidalari va ko'rsatmalari asosida o'z faoliyatini olib boradi. Ushbu qonun, qaror, ko'rsatmalardan chetga chiqmagan holda arxiv asosiy vazifalari belgilab olinadi.


Download 20,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling