O‘zbekiston respublikasining markaziy davlat arxivlari o‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi ( O‘zr mda)ning tashkil topishi va faoliyati


Download 20.9 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi20.9 Kb.
#237547
  1   2   3   4
Bog'liq
MDA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MARKAZIY

DAVLAT ARXIVLARI

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi ( O‘zR MDA)ning tashkil topishi va faoliyati.

O'zbekiston MDA 1958-yilda O'zbekiston SSR Markaziy davlat Tarix arxivi va O'zSSR Oktabr Inqilobi, sotsialistik qurilish Markaziy davlat arxivining (1931-yilda tashkil topgan) qo'shilishi natijasida tashkil topgan.

Arxivning dastlabki tarkibiy tuzilishi quyidagicha bo'lgan:

  1. Arxiv boshlig'i;

  2. Oktabr Inqilobi va sotsialistik qurilish fondlar bo'limi;

  3. Inqilobgacha fondlar bo'limi;

  4. nashr bo'limi;

  5. ma’lumotlar stoli;

  6. o'quv zali;

  7. ilmiy-ma’lumotnoma kutubxonasi.

1959-yil 24 iyunda O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O'zSSR Ichki ishlar ministrligi Arxiv boshqarmasi. Markaziy davlat arxivi va markaziy hamda viloyat arxivlari tarmog'i tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko'ra, O'zSSR MDA tarkibi quyidagi ikkita bo'lim tuzilishi bilan kengaydi:

- foto-fono-kino hujjatlar;

- mikro-foto-nusxalash va ta’mirlash.

O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1961-yil 9 maydagi qaroriga ko'ra, Arxiv boshqarmasi Ichki ishlar ministrligi tarkibidan respublika Ministrlar Soveti tasarrufiga o'tkazildi. Shu tariqa, Qoraqalpog'iston ASSR, Toshkent shahri va viloyatlar arxivlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti, Toshkent shahri va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari huzuridagi arxiv boshqarmalariga aylantirildi. 1964-yil o‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining buyrug'iga ko'ra, O'zbekiston MDA boshlig'i lavozimi direktor deb o'zgartirildi. Shu yili 2 mln hujjatni o'zida jamlovchi to'rt qavatli arxiv binosi ishga tushirildi. Maxsus loyiha asosida qurilgan binodagi arxiv hujjatxonalarining umumiy maydoni 5608,1 m.ni tashkil etgan. MDA yangi binoga ko'chib o'tishi munosabati bilan unga qo'shimcha 20 shtat birligi ajratildi. 1967-yil 2 yanvarda O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining buyrug'i bilan respublika MDA tuzilmasiga o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra, Hisobga olish va ilmiy-ma’lumotnoma apparati bo'limi ikkiga ajratildi:

- hujjatli materiallarning ilmiy-ma’lumotnoma apparati va hisobga olish bo'limi;

- fondlarni saqlash bo'limi.


Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling