O‘zbekiston respublikasining markaziy davlat arxivlari o‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi ( O‘zr mda)ning tashkil topishi va faoliyati


Download 20.9 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi20.9 Kb.
#237547
1   2   3   4
Bog'liq
MDA

O‘zR MDAdagi tarixiy hujjatlar. O’zR MDAda Turkiston general-gubernatorligi davri hujjatlari va general-gubernatorlik shakllanishidan avvalgi davrlarga tegishli bo‘lgan qimmatli hujjatlar saqlanadi. Saqlanayotgan jamg'arma hujjatlari orasida ma’muriy tuzilmalar, aholi boshqaruv tizimi, Turkiston viloyatiga oid siyosiy boshqaruvlar haqida ma’lumotlar uchraydi. Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi, Turkiston general-gubernatoriga qarashli diplomatik amaldori, Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi jamg'armalarida Rossiyaning Xitoy, Afg‘oniston, Buxoro, Xiva, Eron bilan bo‘lgan diplomatik va iqtisodiy aloqalari haqidagi ma’lumotlar to'plangan. Turkiston general-gubernatorining O'rta Osiyo xonliklari bilan tuzilgan shartnomalari, O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘g‘risida, Rus qo‘shinlarining G‘ulja tumanini egallashi, (1871-yil) va uni Xitoyga (1881-yil) qaytarib berilishi, Pomir tumanini Rossiyaga tobeligiga o‘tishi (1895-yil), Tojikistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlarning siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid hujjatlar mavjud.

Hujjatlar Turkiston o'lkasining ma’muriy tuzilishi, uning alohida mintaqalarini ta’riflaydi, shaharlar tuzilishi va shahar nizomini kiritilishi, madrasa masjidlarning holati va soni haqida ma’lumot beradi. Turkiston general-gubernatori devonxonasi, Turkiston tuman qo'riqlash bo'limi, viloyat boshqaruvi, uyezd boshliqlari, mahkama organlari hujjatlari va boshqa jamg'armalarda O'rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik kurashlari aks etgan. Arxivdagi tarixiy hujjatlarda Farg'onada 1885-yildagi bo'lib o‘tgan qo‘zg‘olon, Buxorodagi 1910-yildagi g‘alayonlar va Turkiston o‘lkasidagi qo‘zg‘olonlar haqida ma’lumotlar saqlanadi. Turkiston general-gubernatori devonxonasi jamg'arma hujjatlarida Turkiston o‘lkasi moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy xo'jalik muassasalari, tashkilotlari hujjatlari ham jamlangan. Turkiston o‘lkasi davlat mulki va dehqonchilik boshqarmasi hujjatlari orasida tog‘-kon qazib olish, paxta qayta ishlash sanoati, sanoat korxonalari, temir yollarini barpo etish, rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar yana paxtani qayta ishlash, harid qilish va sotish, savdo-sanoatga tegishli ma’lumotlar mavjud.



Tarixiy hujjatlar orasida Turkiston madaniy hayotiga tegishli ilmiy ekspeditsiya va tadqiqotlar haqidagi hisobotlar, yozishmalar, Rossiya jug'rofiya jamiyatining Turkiston bo'limi kutubxonasi, muzeylar, arxeografik izlanish va tarixiy yodgorliklarni saqlash ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham saqlanadi. YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritish uchun O'zR MDA saqlovida bo'lgan Xiva xoni devonxonasi (Kanselyariya Xivinskogo xana) fondining 1200 dan ortiq alohida qimmatli yig'majildlarni kiritish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling