Oshkent davlat transport universiteti


Download 0.88 Mb.
bet1/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1426534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
kurs ishi 2023 (3)ERgashev 001


ТOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI





“Qurilish muhandisligi” fakulteti

“Тemir yo’l muhandisligi” kafedrasi





KURS ISHI




Mavzu: “Temir yoʼl uchastkasida yer polotnosini barpo etish ishlarini ishlab chiqish”

Bajardi: Ymtq-1 guruh talabasi


Abduxamidov Bobirjon
Qabul qildi: Ergashev U.E.

Тоshkent -2023
MUNDARIJA

Kirish ........................................................................................................ 3


1. Qurilish xududi xarakteristikasi ................................................................ .4
2. Qurilish tayyorgarlik ishlarini bajarish ........................................................ .5
3. Аsosiy yer ishlarini bajarish ............................................................................ .9
3.1. Guruntlarning asosiy qurilish harakteristikalari ........................................... 9
3.2. Yer polotnosining koʼndalang profilini tanlash ............................................ 10
3.3. Yer ishlarni hajmini aniqlash ................................................................... .. .11
3.4 Yer ishlarining piketlararo hajmlar grafigi ................................................ 17
3.5 Yer massalarini taqsimlash.............................................................. 17
3.6. Asosiy ishlarni bajarish texnologiyasi va mexanizayasti .................................22
4. Pardozlash ishlarini bajarish texnologiyasi va mexanizatsiyasi ...................... 23
5. Qurilish ishlarini bajarish kalendar grafigini tuzish ..................................... .25
6. Аtrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari ................................................... .26
7. Texnika xavfsizligi tadbirlari ...................................................................... ..27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ……………………………………… 28

KIRISH
Mustaqillik davrida Oʼzbekiston Respublikasida bunyodkorlik ishlariga katta eʼtibor berilmoqda. Temir yoʼllarni qurish ham shular qatorida alohida oʼrin tutadi.
Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri boʼlib, uning iqtisodiyoti bozor munosabatlariga yoʼnaltirilgan. Davlatimizda sanoat va qishloq xoʼjaligi tarmoqlarining barqaror ishlashiga rivojlangan transport tizimi yordamida erishmoqda va unda yetakchi oʼrinlardan birini temir yoʼl transporti egallaydi.
Birinchi Prizidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan qurilgan “Аngren - Pop” temir yoʼl liniyasi Fargʼona vodiysini yurtimizning markaziy hududlari bilan bogʼlash imkonini berdi. Shu bilan birga “Аngren-Pop” temir yoʼl liniyasi foydalanishga topshirilishi mamlakatimizda yagona milliy temir yoʼl tizimini yaratilishiga imkon yaratdi.
“Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ ma’lum qilishlaricha, ushbu qurilgan Аngren – Pop liniyasining uzunligi 123 km dan iborat boʼlib, bu yoʼnalishda 285 ta suv oʼtkazadigan quvurlar, sunʼiy inshootlardan - uzunligi 19,2 kmli tonnel va 17 ta koʼprik barpo etilgan.
2017-yilda uzunligi 357,3 kmni tashkil qiluvchi Buhoro-Miskin temir yo’l liniyasi foydalanishga topshirildi. Mazkur temir yo’l liniyasining 283 km qismi qumli sahrolarda joylashgan. Bu temir yo’l liniyasi Toshkentdan Urganch shahrigacha boʼlgan 800 km masofalik yoʼlni 8 soat ichida bosib oʼtish imkonini yaratdi.
Yangi uchastka Misken stantsiyasida Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvays togʼi-Nukus yoʼnalishi bilan birlashib, shimoliy yoʼnalishda yuk tashishni tezlashtirish imkonini beradi.
Temir yoʼl qurilish ishlariga quyidagilar kiradi: yangi temir yoʼl qurilishi, ikkinchi yoʼl izini qurish, temir yoʼlni elektrofikatsiyalash, temir yoʼl stantsiyalarini qurish va kengaytirish va boshqalar.
Mazkur kurs ishida, yangi temir yoʼllarni qurishda mashina komplekti tanlash, raqobatdosh varianlarni taqqoslash, kalendar rejasini tuzish, texnika xavfzligi, qurilish sifati nazorati koʼrib chiqiladi. Eng arzon mashina tanlash, kam harajatni hamda iqtisodiy- inqirozdan chiqish uchun eng samarali yoʼl hisoblanadi.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling