Oshkent davlat transport universiteti


I uchastkada DZ-32 markali o’zi yurar skreper komplekti yordamida o’ymadan ko’tarmani barpo etish texnologiyasi


Download 0.88 Mb.
bet14/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1426534
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
kurs ishi 2023 (3)ERgashev 001

3.6.2. I uchastkada DZ-32 markali o’zi yurar skreper komplekti yordamida o’ymadan ko’tarmani barpo etish texnologiyasi
I uchastkada etakchi mashina sifatida DZ-32 markali o’zi yurar skreper mashinalari tanlangan. Cho’michining hajmi q=10 m3 skreper mashinalar komplekti yordamida ko’tarmani barpo etish texnologik jarayoni. Grunt o’ymalarda skreperlar bilan ishlov berilib, bo’ylama tashish yo’li bilan ko’tarmaga tashiladi va qatlam-qatlam qilinib to’kilib zichlanadi. Zahiralarda gruntga ishlov berilib ko’ndalang tashish yo’li bilan ko’tarmaga tashiladi va qatlam-qatlam qilinib to’kilib zichlanadi.
Zaboyda skreper bilan yerga ishlov berishda, skreper cho’michining tishlari chuqurlanishi, uning to’lishiga qarshilik ko’rsatadi. Cho’michining to’lishi, uning hajmiga va yerni qirqish qatlamining qalinlagiga bog’lik bo’ladi. Skreperga ortiqcha kuch sarf etmasdan, cho’michini to’lishi uning pichog’ini ko’tarish, kesilayotgan grunt qatlamining balandligini kamaytirish, unga traktor bilan yordam beriladi. DZ-32 markali o’zi yurar skreper komplekt yordamida ko’tarmani barpo etish texnologiyasi to’liq jarayoni 2-ilovada keltirilgan.


3.6.3. Uchastkalarda gruntlarni zichlash texnologiyasi.
Uchastkalarda gruntlarni zichlash uchun DU-29 markali pnevmog’ildirakli katok mashinasi tanlangan. Gruntlarni zichlash texnologiyasi barcha katoklarda bir hil. Agar katok ko’tarma ustida burilishi imkoniyatiga ega bo’lsa uzunligi 200 m bo’yicha harakatlanadi. DU-29 markali pnevmog’ildirakli katoklarning parallel harakati sxemasi 2-ilovada ko’rsatilgan.
Temir yo’l ko’tarmasi uchun zichlash koeffistienti yo’l kategoriyasiga bog’liq bo’lib 0,90-1,0 gacha o’zgaradi. Ko’tarmaga yotqizilgan grunt namligi optimal namlikka yaqin bo’lishi kerak, shundagina zichlash samaradorligi oshadi. Zichlash vaqtida gruntni optimal namlikdan 10% dan ayrim hollarda – 20% gacha og’ishi ruxsat etiladi.
Gruntni buldozer bilan tekislash vaqtida zichlash koeffistienti 0.85, avtosamosvallar harakatida 0.85-0.90, skreperlar harakatida 0.90-0.92 gacha etishi mumkin. Me’yoriy zichlash koeffistientiga (0.98) zichlash mashinalari yordamida bir necha marta harakatlanish kerak.




  1. Download 0.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling