Oshkent davlat transport universiteti


QURILISH XUDUDI XARAKTERISTIKASI


Download 0.88 Mb.
bet2/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1426534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
kurs ishi 2023 (3)ERgashev 001

1 QURILISH XUDUDI XARAKTERISTIKASI
Loyihalanadigan yangi temir yo‘l liniyasining yer polotnosi Farg’ona viloyati hududida joylashgan. Farg’ona viloyati – O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. . Andijon viloyati respublikaning sharqida,Farg’ona vodiyning janubida joylashgan, shimoldan Namangan, Farg’ona viloyatlari, janub va sharqdan Qirg’iziston, g’arbdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.
Maydoni 4.2 ming km².
Aholisi 3 253 501 kishi.
Markazi – Andijon
Tabiati. Andijon viloyatining shimoliy qismini Qoraqalpoq va Yozyovon dashtlari egallagan, janubdan Olay tizmasidan oqib tushadigan daryolarning yoyilmalari bilan oʻralgan. Janubda adirlar Olay tizmasining togʻ oldilari bilan almashinib turadi. Andijon viloyati yuqori seysmik zona hisoblanadi.
Iqlimi kontinental. Qishi birmuncha yumshoq, baʼzan havo juda sovib ketadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 3,2 °C, iyulniki 28 °C. Eng past harorat —27,9 °C. Eng yuqori harorat 42 °C. Shamolning tezligi sekundiga baʼzan 35-40 metrga yetadi. Janubi-sharqida yozda garmsel esadi. Yiliga gʻarbida 100 mm dan sharqiy qismida 170 mm gacha, togʻ yon bagʻirlarida 270 mm gacha yogʻin tushadi, asosan, bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Viloyatning shimoli-gʻarbiy chegarasi boʻylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy boshlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan toʻyinadi. Iyul— avgustda toʻlib oqadi. Daryo suvlari sugʻorishga sarflanadi.
Asosan, boʻz tuproq va oʻtloqi botqoq tuproklar keng tarqalgan. Adirlarda aksari och va tipik boʻz tuproqlar, Sirdaryo terrasalarida allyuvialoʻtloqi tuproqlar, viloyatning shimoliy qismida shoʻrxok oʻtloqlar va ajriqli oʻtloqlar mavjud. Markaziy Andijon shoʻrxoklarda turli xil shoʻra oʻsadi. Yerlarining kattagina qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayragʻoch, daryo vodiylarida keng bargli oʻrmonlar va archazorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo toʻqayzorlarida qobon, adir va Olay tizmasi togʻ oldilarida boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, boʻrsiq, jayra yashaydi. Ondatra, nutriya iklimlashtirilgan. Qushlar, sudraluvchilar koʻp. Suv havzalarida marinka, usach, zogʻora baliq, karp, oq amur, doʻngpeshona baliqlar bor.
Temir yoʻl uzunligi 227,8 km. Avtomobil yoʻllarining uzunligi 8,6 ming km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 8,5 ming km. Andijon shahrida yirik aeroport ishlab turibdi.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling