Oshkent davlat transport universiteti


ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH


Download 0.88 Mb.
bet18/19
Sana05.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1426534
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
kurs ishi 2023 (3)ERgashev 001

7.ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH
Kurs ishida quyidagi atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari ko’zda tutilgan:

  • o’simlik qatlami va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish;

  • asosiy qurilish ishlarini namunaviy texnologiya xaritalari va sxemalari bo’yicha tashkil etish;

  • o’ymalar gruntlarini ko’tarmalarda er polotnosini tiklashda maksimal darajada ishlatish;

  • grunt tashish yo’llaridan oqilona foydalanish;

  • poseloklar hududidan o’tgan avtomobil yo’llaridan grunt tashish maqsadida tunda foydalanishni cheklash;

  • aholi punktlari hududida tungi paytda gruntni zichlash ishlarini to’xtatish;

  • trassa oldi kar’yerlari maydonlarini qayta kultivastiyalash.

Zovurlar yoki yopiq suv yo’llariga yoqilg’i, ishlatilgan moylar qoldiqlarini to’kish taqiqlanadi.
Transport vositalari va qurilish mashinalarini yuvish maydonchalari suvni tindirish va tozalash moslamalari bilan jihozlangan bo’lishi shart.
Qurilish davrida suv ta’minotining izdan chiqishi holatlari uchun suvni moslamalar yordamida haydash ko’zda tutilgan.
Yer polotnosi asosidan kesib olingan o’simlik qatlami kam hosil yerlarni yaxshilash maqsadida ishlatiladi.
Qurilish tugaganidan so’ng qurilish chiqindilari olib chiqib ketiladi.


8. TEXNIKA XAVFSIZLIGI TADBIRLARI
8.1. Ekskavator ishlarida texnika xavfsizligi
Ish vaqtida ekskavator tekis maydonda mustahkam, gusenistali tormozlangan holatda turishi shart.
Quyidagi halotlarda ishlash mumkin emas:

  • Ekskavator ishlab turganda jihozlarni burash va mustahkamlash;

  • Cho’michi ko’tarilgan holatda tormozlarini sozlash, to’ldirilgan cho’michi bo’lgan strela burchagini o’zgartirish;

  • Ko’tarilgan cho’michi bilan ekskavator harakatlanishi.



8.2. Skreper ishlarida texnika xavfsizligi
Skreperli ishlarni ko’tarma va o’yma qiyaliklarida bajarish mumkin emas. Skreper ishlagan joyning bo’ylama qiyaligi 25º dan, ko’ndalang qiyaligi esa 10º dan katta bo’lmasligi kerak. Skreperni boshqaruvchining yoshi 18 ga to’lgan VI-razryadli mashinist qo’yiladi.
Ta’mirlash ishlarini skreperni dvigateli o’chirilganda va cho’michi yerga tushirilganda bajarish mumkin. Yoritgich jihozlari va ovozli signali buzilganda skreperni kechki vaqtda ishlatish mumkin emas.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling