O‘zbekiston respublikasining markaziy davlat arxivlari o‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi ( O‘zr mda)ning tashkil topishi va faoliyati


Download 20.9 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi20.9 Kb.
#237547
1   2   3   4
Bog'liq
MDA

O'ZR MDAning asosiy vazifalari:

- arxiv yo'nalishi bo'yicha hujjatlarni jamlash;

- arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy ma’lumot apparatini rivojlantirish va takomillashtirish;

- arxivda saqlanayotgan O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O'zR MAF) jamg'armasi hujjatlari saqlovini ta’minlash;

- arxivning axborot bazasini kengaytirish;

- hujjatlardan foydalanish va ularni nashr qilishni tashkillashtirish;

- arxivshunoslik, arxeografiya, hujjatshunoslik sohalarida ilmiy-uslubiy amaliy yordam ko'rsatish.

O‘zR MAFni saqlovchi muassasa sifatida 2003-yil 22 yanvarda davlat ro'yxatidan o‘tkazgan. O‘zR MDA eng katta arxiv muassasasi hisoblanadi. Ushbu arxivda 2867 ta fond, 5141 ta yig'majildlar ro'yxati, 1 mln. 600 mingdan ortiq yig'majild, 18 ta hujjat saqlovxonasi, XIII asrdan (ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga tegishli) bugungi kunga qadar bo‘lgan hujjatlar saqlanib kelmoqda. Ularni 167 mingdan ortiq saqlov birligi va 15 mln. dan ortiq kadrdan iborat sug‘urta nusxalari tashkil etadi. O'zR MAF davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi. O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi milliy arxiv fondi to‘g‘risida nizom” tasdiqlanib, uning asosiy maqsadi O'zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarining to‘liq qamrab olinishini ta’minlashga, O'zbekiston Respublikasi milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy, va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgan. Hujjatlarni O‘zR MAF tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “ O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmati ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. O'zR MAF hujjatlari saqlanish joyi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar davlat ro'yxatidan o'tkaziladi va hisobga olinadi.

O‘zR MDAda “Arxiv ishini rivojlantirish rejasi”ni ishlab chiqish “Rejalashtirish va tashkiliy-uslubiy ishlar bo'limi” tomonidan amalga oshiriladi. Respublikamizda arxivlar ish faoliyatini takomillashtirish va ish yuritishini yanada rivojlantirish, arxiv hujjatlarini saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanish imkoniyati va erkinliklarini yanada kengaytirish, arxiv tarmoqlarining normativ va metodik bazalarini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26 avgustdagi “O ‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida arxiv sohasini yanada kengaytirish, arxiv ishini rivojlantirish va arxiv moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Masalan, moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, pullik xizmatlar, malaka oshirish kurslari va boshqalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.




Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling