O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilish imkoniyatini yuzaga keltirdi


Download 136.48 Kb.
bet1/7
Sana30.01.2024
Hajmi136.48 Kb.
#1817183
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axrorjonova kurs 4


MUNADARIJA



  1. KIRISH………………………………………………………………………2

  2. ASOSIY QISM

2.1.BADIIY OBRAZ ADABIYOTNING SPETSIFIK XUSUSIYATI SIFATIDA…………………………………………………………………………5
2.2.BADIIY OBRAZNIN IJODIY QAYTA ISHLANGANLIK XUSUSIYATI………………………………………………………………….20
2.3.METAFORIKLIK BADIIY OBRAZNING ASOSIY XUSUSIYATI SIFATIDA……………….…………………………………………………….27
III. XULOSA……………………………………………………………………36
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..40

KIRISH



Mavzuning dolzarbligi.O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Shu jumladan, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dolzarb vazifalardan etib belgilandi.
Ta’lim jarayoniga yangi o‘qitish texnologiyalari va faol metodlarini qo‘llash orqali bo‘lajak kadrlarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsgina o‘z muammolarini o‘zi mustaqil hal qila oladi va jamiyatda o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. Bunday qobiliyat esa ta’lim muassasalarida shakllantiriladi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»1.
Hozirgi paytda respublikamizda yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash bo‘yicha qator pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyatida pedagog olimlar, amaliyotchi va tadqiqotchilarning diqqat e’tibori o‘qitish maqsadi va uning natijalariga erishishga, ta’limni texnologiyalashtirish orqali sifatli o‘qitishni tashkil etishga, shuningdek, ilmiy asoslangan zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishga yo‘naltirilgan.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayonini samaradorligi va sifatini oshirish talablarini qo‘ymoqda.
Ishimiz shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy o‘qitish tizimida ta’lim oluvchining pedagogik ta’sirlar ostida bilim olishi yotadi, bunda talabaning faoliyati faol ijodiy xarakterga ega bo‘lmaydi. Turli predmetlarni o‘qitishda yangi pedagogik, innovatsion, interfaol texnologiyalari, shu jumladan, o’yin texnologiyalariga asoslangan ta’lim an’anaviy ta’limga qaraganda talabalarni ancha mavzuga qiziqtirishi kun sayin o‘z tasdig‘ini topmoqda. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida “Badiiy obraz, xarakter, tip” modulini o’yin texnologiyalari asosida o‘qitish talabalarning bilish imkoniyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularning mustaqil fikr yuritishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Download 136.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling