O‘zbekiston respublikasining oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi
Axborot tizimi uning turlari va tarkibi
Download 314.95 Kb.
|
AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI TASHKIL ETUVCHI KOMPANENTALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Axborot tizimi uning turlari va tarkibi
Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalash-tirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. O`rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ayrim xususiyatlarga ega bo`lgan tizimning ko`plab tushuncha va ta`riflari mavjud. Tizim deganda, ular orasidagi va ularning xususiyatlari o`rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo`lgan, ya`ni bir-biriga chambarchas bog`langan qismlardan iborat butun bir ob`ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta`rifdagi tizimga quyidagilarni qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig`ilgan mashina; hujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog`langan ko`plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokozo. Bunday hollarda ob`ektlar gona tizim sifatida ishlaydi, ya`ni har bir ob`ekt, kichik tizimlar umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi. «Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob`ektlar», «aloqalar», «xususiyatlar». Ob`ektlar – tizimning bir bo`lagi yoki komponentlari bo`lib jismoniy, matematik o`zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo`linmalari kabi ko`plab cheklanmagan qismlarga ega. Xususiyatlar – bu ob`ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma`lum bir o`lchamga ega ob`ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi. Aloqalar – ob`ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko`ra farqlanadi. Quyidagi 2.1 - jadvalda turli elementlaradan iborat bo`lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan. Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan paytdan boshlab mavjud, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o`z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Xulosa: Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo`lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob`ektini boshqarish tizimidagi tutgan o`rnini aniqlab olish lozim. Bu ob`ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq. Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob`ekti yig`indisini va boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparatini o`zida namoyon etadi. So`nggisi maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to`g`ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog`langan. To`g`ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob`ektiga yunaltiradigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot teskari yo`nalishda yuboriluvchi axboroti oqimida o`z aksini topadi. Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iktisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma`lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma`lumotlarni qayta ishlash bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o`zaro aloqasi iqtisodiy ob`ektning axborot tizimini tashkil etadi. (2.2.-rasm). Axborotlar tizimi aniq bir ob`ekt uchun yaratiladi. Samarali axborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o`rtasida farqlarni, shuningdek, tashqi holatlarni e`tiborga oladi va boshqarish funktsiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo`lgan axborotnigina beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b. Download 314.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling