О‘zbekiston respublikasining oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti «Himoyaga ruxsat etilsin»


II BOB. Oilaviy nizolarni oldini olish choralari


Download 275 Kb.
bet5/7
Sana05.05.2023
Hajmi275 Kb.
#1432627
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi irada opa

II BOB. Oilaviy nizolarni oldini olish choralari
Oilaning felitsitologik funksiyasi:
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga kо‘ra ularning quydagicha asosiy turlariga ajratish mumkin:
Er-xotin о‘rtasidagi nizolar:
qaynona-kelin о‘rtasidagi nizolar:
qaynona-kuyov о‘rtasidagi nizolar:
ovsinlar о‘rtasidagi nizolar:
ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi nizolar:
farzandlar о‘rtasidagi nizolar:
Albatta, bu rо‘yxatni yana davom etiraverish mumkin, har qanday oilada er-xotinning о‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga kо‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar birikturuvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun xam psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda“konstruktiv”(“biriktiruvchi”)va destruktiv”(“ajratuvchi”) nizolarga farqlanadi. Ular о‘zlarining yuzaga kelishiga asos bо‘lgan muammolar, bu muammolarning xal etilishi, kechinishi, ishtirokchilar, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga kо‘ra bir-birlaridan farqlanadi.
2.1 Oilaviy nizolarning kelib chiqishi omillari va motivlari

Qanday nizolarga biriktiruvchi nizolar deyiladi?


Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lgan muammolar va ularning xal qilinishi ham earning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlari qaratilgan bо‘ladi. Agar ular xal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar о‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudje6tini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yо‘l qо‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi masalalar toifasidagi nizolar misol bо‘la oladi. Ular asosan er xotin о‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtrokchilari ham faqat er-xotinlarning о‘zlarigina hisoblanadi. Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birining salbiy va ijobiy xususiyatlarini о‘rganib borish, bir-biriga maoslashish, muammolarni xal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar “er-xotinning urishi-doka rо‘molni qurishi” kabi nizolar toifasiga kiradi. “Doka rо‘molni qurishi” er-xotin о‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
Qanday nizolar ajratuvchi nizolar deyiladi?
Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga sabab bо‘lgan muammo va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bо‘ladi. Bunday nizolardan bir tomon manfaatini xal etilishi kо‘pincha, ikki tomon manfaatining boy berilishi xisobiga amalga oshadi. Masalan, erni yoki xotinni shaxsan о‘zi uchun biron nima xarid qilishi,erning yoki xotinning ishi tufayoli, о‘zbek oilasi uchun xarakterli bо‘lgan nizolardan bо‘lmish er-yoki xotinning qarindosh urug‘lari bilan bо‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning xal qilinishi, ya’ni bir tomon manfaatlarining qondirilishi kо‘pchilik xolatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi xisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozichilik, e’tiroz saqlanib qoladi va bu keyichalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo xal etilgan bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita er-xotinlarning о‘zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillar xam bog‘liq bо‘ladi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari xam ba’zan er-xotindan tashqari uchinchi odam bо‘lishi mumkin, ularning xal etilishi xam er-xotinlarning о‘zlarigagina emas, balki shu uchinchi(boshqa odamga bog‘liq bо‘ladi. Bularning oqibatida nizolarni yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi.Ajratuvchi nizolar, aksariyat xollarda “chegaralanmagan” nizolar bо‘lib, о‘z xarakteri, ishtirokchilari, xal etilishi va oqibatlariga kо‘ra er-xotin munosabatlari doirasida chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa a’zolari: qaynona, qaynsingil, ovsinlar va boshqalar xam aralashadi.Ajratuvchi nizolar er-xotin orasidagi mexrni susayib, yо‘qolib borishiga olib keladi. Bu esa ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlarga xam salbiy ta’sir bо‘lish.
Ota-onalar va farzandlar о‘rtasida yuzaga keladigan
nizolarga nimalar sabab bо‘lishi mumkin?
Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bо‘lib quydagilar xizmat bо‘lish.

  1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni xisobga olinmasligi.

  2. Yoshlarning bо‘sh vaqtini yо‘q tashkil etilishi, dо‘stlar tanlashdagi yо‘qligi, xissiyot soxasidagi yо‘qligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi yо‘qligi, umr yо‘ldosh tanlashda yо‘qlik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi:

  3. Ota-onalar ichkilikka rujо‘ qо‘yishi yoki or-nomusini yig‘ishtirib qо‘yib, buzuqchilik qilishi:

  4. Ba’zi bolalarni mexnat qilishga о‘rgatilmaganligi va buning oqibatidagi yengil-yelpi xayot kechirishiga о‘rganib qolishi:

  5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unitib qо‘yishi xam xokazo:

  6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.

Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oilada xalovat yо‘qoladi, о‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, xatto ichib kelib, ota-onasiga qо‘l kо‘taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq foxishaparastlar borligiga nima deysiz?
Ba’zi ota-onalar bolalardagi 3,6,13-14 yoshlarda muqarrar ravishda bо‘lib о‘tadigan krizislarni bilishmaydi. Bu yosh bosqichlarda bola ruxiyatida yangi psixologik qо‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan bо‘lgan munosabatlarida kо‘zga tashlanadi. Buni sazmagan ba’zi ota-onalar “bolam nixoyatda qaysar, quloqsiz bо‘lib qoldi”, deb о‘ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi о‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish xollari kuzatiladi.
Nima sababdan qaynona bilan kelin о‘rtasida nizolar yuzaga keladi?
Oilada yangi tushgan kelinlarning kо‘pchiligi yuzaga keladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini kо‘ngildagidek eplab ketadilar, qaynonalarini rо‘zg‘or tashvishlaridan xalos bо‘lishlar, tezda ularning mexriga sazavor bо‘ladilar. Qaynonalar xam bunday kelinni “qizim” deb bag‘riga oladilar, bilmaganini о‘rgatiladi, qiynalganida yordam beradilar, xayotiy yо‘l-yо‘riq kо‘rsatadilar. Ularning uy-rо‘zg‘or ishlarida va bola tarbiyasida yaqin kо‘makdoshga aylanadilar. Biroq xayotda qaynona –kelin orasida turli tо‘qnashuvlar xam sodir bо‘lib turadi. Gap qaynona-kelin о‘rtasida borar ekan, shuni aytib о‘tishimiz lozimki, bu masalada azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarining diqqat e’tiborida bо‘lib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XXI asrining ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutaffakurlaridan biri Axmad Donish о‘zining “Navodir ul vaqoye” (Nodir voqealar) nomi kitobida qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda xam bо‘lgan, xozir xam bor va bundan keyin xam bо‘ladi. Ular doim urushaveradilar. Ular nima uchun urushadilar? Chunki ular nima uchun urushishayotganliklarini о‘zlari xam bilmaydilar Shuning uchun urushadilar”. Demak, bu о‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish aloxida axamiyatga molik masala ekanligi kо‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini kо‘rib chiqamiz.

  1. Ba’zi qizlarda nikoxgacha oilaviy xayotga-qaynonaga,qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakillangan bо‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur bо‘lishlar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki xayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular о‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bо‘lgan kamchilik va illatlarni xayotdagi qaynonadan axtar boshlaydilar. Borinki topishlari aniq, xatto yо‘g‘ini xam topishga xarakat bо‘lishlar.Chunki tasavvurlari ularni aldanganini tan olishni istamaydilar. Xayotda kamchiliksiz odam bо‘lmagan emas, bо‘lmaydi xam. Ideal qaynona, ideal kelin xam bо‘lishi mumkin emas. Kelinlar о‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot asosida baxo berishga oshiqmasliklari lozim. Aks xolda, pashshadan fil yasash xam xech gap emas. Kelinlar og‘ir bosiq, sabr-toqatli bо‘lishlari iloji boricha о‘zlari tushgan xonadon a’zolarining yaxshi tomonlarini kо‘rishga intilishlariga, eri shu xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv bо‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mexmon emas, balki bir umirlik a’zo bо‘lib kelganligini unutmaslik kerak.

  2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-rо‘zzg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bо‘ladi va keskinlashadi.

Ikki avlodning dunyoqarashi, xayotiy tamoillari о‘rtasida tafovut bо‘lish tabiiy xoldir. Ammo aksariyat xollarda qaynona-kelinlar kо‘p jixatdan bir-birining aksi bо‘ladilar. Ayrim xollarda esa qaynona-kelin andishani yig‘shtirib qо‘yib, xar birlari о‘z gaplarini о‘tkazishga xarakat bо‘lishlar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarini kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va qо‘shiqlarinitinglash va shu kabi boshqa masalalarda ularni о‘z xoliga qо‘yishlari lozim. Yoshlar xam о‘z navbatida iloji boricha otaqonalarni tushinishga intilishlari ularni g‘ashiga tegadigan noо‘rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy “xoyi xavaslardan о‘zlarini tiyishlari kerak.

  1. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bо‘lmaydilar. Shunday kelinlar bо‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar.

Kelin kelinligining birinchi kunidayoq xamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bо‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bimasa xam mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikoxgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saramjoa-sarishta tutishini, did bilan mexmon kutishni, tejamkorlikni, oila byudjetini iqtisod qilishni, uy anjomlarini, jixozlardan asrab –avaylab foydalanishi va shu kabi uy-rо‘zg‘or ishlarini о‘rgatishga aloxida e’tibor berishlari zarur. Chunki el orasida “qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi bor”, degan xikmat bor. Shuni doimo esda tutib qizlarni rо‘zg‘orga tutishga puxta tayyorlash kerak.
Qaynonalar xam kelinlardan xadeb kamchilik va qusur axtarmasddan, uni о‘z farzandiday kо‘rib, bilmaganini sabr-toqat bilan о‘rgatib borish lozim. Kamchiliklarini yuziga solavermasdan, yaxshi tomonlarini eslab turishlari kerak. Yaxshi sо‘z xam, yomon sо‘z xam bir og‘izdan chiqadi.Qaynonalar kelinlarida xosil qilingan kо‘nikma va malakalarning о‘g‘li uchun va kelajakda nabiralari uchun xizmat qilishini esda tutishlari kerak.

  1. Ayrim xollarda qaynona –kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisholmay qolishadilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobo-buvilar yoki ota-onalar tomonidanmeyoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada ota-onalar bilan bobo-buvilar о‘rtasidagi “bolaga kim tarbiya berishi kerak”, degan masalada kelishmovchilik kelib chiqadi. Aslida ular xam, bular xam bolalarni kelajakda yaxshi kishilar bо‘lib yetishishini istamaydilar, tanlagan yо‘llari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib olishmasa, bola tarbiyachisining xoliga voy deyavering. Buning uchun ular boladan xali joyida bir murosaga: yakdil qarorga kelib olishlari lozim. Ana shunday bobo-buvilar xam axillik bilan bola tarbiyasi borasida о‘zaro mos chora-tartiblarni belgilab olishlari lozim. Bunda bola qanday muxit va shart-sharoitda, davrdv о‘sayotganini, mijozi turini xisobga olish zarur.

  2. Ba’zi katta xonadonda ovsinlar, qaynona iltifotini qozonish yо‘lida bir-birlaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.

  3. Oilada ikki va undan ortiq kelin bо‘lsa, qaynona ularning xammasiga bir xilda qaray olmasligi tqbiiy xoldir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didigayaqinroq, ba’zisi uzoqroq bо‘ladi. Ayollar о‘ta ruxiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. Natijada “о‘gay” kelin bilan о‘rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday xolning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushurmaslik uchun qaynona о‘z kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bо‘lishi (ammo bu yerda xar bir kelinning muomalasi, munosabatini, qaynonaga bо‘lgan mexrini xisobga olish inkor etilmaydi) rashk qilishlariga imkon yaratib qо‘yishidan extiyot bо‘lishlari kerak. Bu о‘rinda shaxsan kelinlardan xam aql –idrok, muloxazalilik va sabr- toqat talab qilinadi.

  4. Ba’zi xollarda qaynona -kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini,orzu-xavaslarini, ishlashi yoki о‘qishini xisobga olmaydi.

Qaynonalar orasida umr buyi uy bekasi bulganlari xam bor.Ular ishlash bilan uy ruzgor ishlarini baravar olib borishni o’z boshidan olib borishni o’tkazmagan.Ana shunday qaynonalar yoshligida o’zlarini risoladagiday kelin bo’lmagan deb biladilar. Qaynota-qaynonalar izzat qilganlarini “ularning soyalariga kо‘rpacha solganlarini ”(rostmi yolg‘onmi baribir) tez-tez ishlashni yaxshi kо‘radilar va kelinlarining xam “uzlariday”bulishini istaydilar.Bazan esa uni ugli orkali ochikdan-ochik talab kiladilar.Bunga kelinlarning imkoni bormi,yukmi,uylab xam kо‘rmaydilar. Bunday qaynonalar “extiyojini”qondirish imkoniga ega bulmagan kelinlar ularning g‘azabiga uchraydilar. Kelini xakida bular bulmas gaplarni ugillarning kulogiga kuyadilar.”О‘g‘limga aytib seni quyib yubormasam,yurgan ekanman”,deb dо‘q-pо‘pisa bо‘lishlar.Ba’zi xollarda maqsadlariga erishadilar xam. Bunday qaynonalar о‘g‘illari, nabiralari baxtidan kо‘ra uz xuzur xalovatlari kо‘prok о‘ylaydilar.Buning oldini olish uchun о‘g‘ildan kо‘prok zukkolik talab kilinadi. 7.Ayrim kelinlarning yangi oilaga mostlashishi qiyin bо‘ladi,oqibatda qaynona kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.Xar bir oilaning о‘ziga mos muxiti,qonun-qoidalari, an’analari, atrofda yuz berayotgan vokea xodisalarga beradigan xavo mezonlari,xatto faqat shu xonadan azolari tushinadigan,shartli ravishda qabul qilingan sо‘z, iboralari bо‘ladi.Yangi tushgan kelin о‘zi bilan о‘z tug‘ilib о‘sgan uyining muxitini,odat-kо‘nikmalarini xam olib keladi.Shuning uchun xam ayrim xollarda kelin bilan kaynonaning oilaviy muxitlari mos kelmay qoladi.
Ota -onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi tafovut xam aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarning keskinlashuviga ta’sir qilishi mumkin. Bunda iqtisodiy omil shu bilan ifodalanadiki, kelin yangi tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy mо‘lqkо‘lchilikni kо‘rmasdan, о‘z turmushidan sovushi mumkin.
Shuning uchun xam donolar “Qiz bersang о‘zingdan bir pog‘ona balandga ber, sening xonadoningda kо‘rmaganini yangi xonadonda kо‘rib, yangi xonadonga kо‘nikishi oson kechadi. Qiz olsang о‘zingdan bir pog‘ona pastdan ol. Shunda kelin о‘z uyida kо‘rmagan mо‘l-kо‘lchilikni sening xonadoningdan kо‘rib, bu muxitga tez kо‘nikadi” deyishgan.
Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov ma’lumotli, madaniyatli oiladan bо‘lib, kelin aksincha dexqon, ishchi yoki savdogar oiladan bо‘lsa yoki er-xotindan biri shahardan, ikkinchisi qishloqdan bо‘lsa bu ijtimoiy –madaniy tafovutlar xam er-xotin о‘rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kelin-kuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida xam, iqtisodiy ta’minlanganlikda xam bir-biriga mushtarak bо‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Bordi-yu, kelin boshqa millatga mansub bо‘lsa, uning yangi oilaga moslashishi juda qiyin bо‘ladi. Masalan, о‘zbek xalqida kekirish tо‘yganlik – shukuronalik belgisi xisoblanib kelgan. Rus xalqida esa bu odat о‘ta odobsizlik xisoblanadi. Shu sababli yangi oilaga moslashish xam osonlikcha kechavermaydi. Buning ustiga kelin uchun bu oila yangi, ayni paytda “begona”dek tuyuiladi. Kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga xam bog‘liq. Masalan, kо‘proq xolerik mijozga mansub bо‘lganlar tez moslashadilar. Biroq yengilroq, tezroq va andishasiz kelinlarni yangi oilaga moslashishi qiyinroq kechadi. Yangi sharoitga oson moslashadigan xamda uni osongina о‘zlashtirishga tayyor bо‘lganlar sangvinik mijozdir.
Flegmatik mijoz esa vazmin, og‘ir karvon bо‘lgani uchun oila sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib olgandan keyin esa uni о‘zgartirishni sira-sira istamaydi, uncha-muncha gap-sо‘zga parvo qilmaydi. Melanxonlik mijozlar xam shunga yaqin. Ammo sal narsadan ularning ruxi tushib ketadi, bо‘lar-bо‘lmasga xafa bо‘lavyradi. Ruxiy jixatdan esa nixoyatda sezgir bо‘lishadi.
Xar bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli xarakteristikasi, ularning о‘ziga xos xususiyatlarni bilib olgan qaynona-kelinlarning til topib ketishlari oson kо‘chadi. Ba’zi qaynonalar о‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi va oqibatta kelin bilan kelisholmasdan qoladi. Bunday nizolar, odatda kamfarzand yoki yolg‘iz о‘g‘il otasiz oilada о‘sgan taqdirda kо‘proq uchraydi.
Qaynona- kuyov о‘rtasida xam kelishmovchiliklar bо‘ladimi va ular qanday rо‘y beradi?
Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida xam bо‘ladi. Ichkuyov ba’zi xollarda kelin xonadoniga moddiy jixatdan qaram bо‘ladi (xech bо‘lmaganda uy-joy masalasida). Qaynona xamisha ziyrak va andishali bо‘lavermaydi. Kuyovning psixologik xushyorligi oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba’zi qaynonalar kuyovga noо‘rin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi (qizim senga aytaman, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy xayotiga bunday qо‘pol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin xam og‘ir axvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi о‘rtada qozilik qilishga xarakat bо‘lish. Bunday qobiliyat esa xammada xam bо‘lavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga о‘tadi. Xar ikkala xolda xam oila barbod bо‘lishi mumkin.
Shunday xollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar xayotiga kamroq aralashmog‘i kerak. Ba’zi qaynonalar qizini (ayniqsa rus oilalarida) kuyovidan yoki aksincha о‘g‘lini rashk bо‘lish. Oqibatda esa yana nizolar paydo bо‘ladi. Bunda birinchi xolda rashk qiz onaning yolg‘iz farzandi ekanligidan kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina maslaxatlashgan, dardlashgan bо‘lsa, ular orasiga kuyov kiradi. Qizning butun diqqat e’tibori kuyovga –eriga qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning xar bir xatti-xarakatini kuzatadi. Qizning oldida uning obrо‘sini tushirmoqchi bо‘ladi, kamsitadi. Bunday xollarda ba’zi qaynonalar nima sababdan kuyovning qasdiga tushib qolganini о‘zlari xam bila olmaydilar, bunga turli baxonalar topadilar. Aslida esa buning bitta-yu bitta sababi bor- rashk, faqat qizni qizg‘anishdir. Bunday xolatni kelin erning uyda yashagan juftlarda xam kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilingandek, qaynona о‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi.
Buning olidini olish qizlar turmushga chiqanlaridan sо‘ng, ayniqsa, onasi bilan birga turadigan bо‘lsa, undan о‘z diqqat-e’tiborini, farzandlik mexr-muxabbatini darig‘ tutmasligi, yolg‘izlatib qо‘ymasligi lozim. Qaynonalar xam avvalo, о‘z yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizning kuyoviga, о‘g‘lining xotiniga mexr-muxabbati, e’tibori ular oilasiga baxt-saodatning, iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini о‘z eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqei va boshqa bir jixatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning obrо‘yi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga sabab bо‘ladi.

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling