О‘zbekiston respublikasining oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti «Himoyaga ruxsat etilsin»
Oilaviy nizolarning oldini olish choralari
Download 275 Kb.
|
kurs ishi irada opa
2.2 Oilaviy nizolarning oldini olish choralari
Nima uchun oilalar buziladi? Oilalarning ajralishiga yо‘l qо‘yish kerakmi? Ajralish muammosi xozirga zamon insoniylik jamiyatning eng muxim ijtimoiy muammolaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda xam, О‘zbekistonda xam ajralish muammosiniо‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soxa mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan soxalari mutaxassislari о‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu xodisa sabablari, omillari, motivlarini о‘rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishga er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat xam kо‘p zarar kо‘radi.Ajralishlar kо‘plab noxush xodisalar: notо‘liq oilalarning sonining ortishi, bolalar va о‘smirlar о‘rtasida qonunbuzarlikning kо‘payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning о‘zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lishi mumkin. Bu о‘rinda xaqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bо‘lsa, uni rasmiy ravishda ta’qiqlab qо‘ysa bо‘lmaydimi? Degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jixatdan nixoyatda murakkab jarayon edi. Biroq, bu usul oila mustaxkamligini ta’minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Ajralishni ta’qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, о‘z navbatida nikox yoshining о‘sishini, oila qurmaslik, nikoxgacha va nikoxdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog‘lom oilalar miqdorining ortishi nikox oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta, bularning xam shaxs, inson ruxiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchunzarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun xam xozirgi vaqtda ajralish erkinligini deyarli barcha davlatlar nikox-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu о‘rinda muxim ajralishni ta’qiqlash va unga rasmiy ravishda xalaqit qilish emas, balki ajralishning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajralish fojeami yoki fojeadan qutilishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar bо‘lmasa bu fojeadan qutilishdir, er-xotinlarning о‘zaro munosabatlarning о‘zaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakillanmayotgan bо‘lsa, ularda о‘zaro tushinish, о‘zaro xurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mexr-oqibat bо‘lmas, oila о‘z funksiyalarini bajarmayotgan bо‘lsa, bunday juftlar ajralib ketgani ma’qul, deb xisoblaydilar. Ajralishlarning о‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshishi jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning axvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bо‘ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa, о‘zbek va qishloq oilalarida ajralish tashabbuskori kо‘proq erkaklar bо‘ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarda, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bо‘lgan shaxar oilalarida ajralish tashabbuskori kо‘proq ayollar bо‘ladi. Xulosa Ota -onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi tafovut xam aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarning keskinlashuviga ta’sir qilishi mumkin. Bunda iqtisodiy omil shu bilan ifodalanadiki, kelin yangi tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy mо‘lqkо‘lchilikni kо‘rmasdan, о‘z turmushidan sovushi mumkin. Shuning uchun xam donolar “Qiz bersang о‘zingdan bir pog‘ona balandga ber, sening xonadoningda kо‘rmaganini yangi xonadonda kо‘rib, yangi xonadonga kо‘nikishi oson kechadi. Qiz olsang о‘zingdan bir pog‘ona pastdan ol. Shunda kelin о‘z uyida kо‘rmagan mо‘l-kо‘lchilikni sening xonadoningdan kо‘rib, bu muxitga tez kо‘nikadi” deyishgan. Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov ma’lumotli, madaniyatli oiladan bо‘lib, kelin aksincha dexqon, ishchi yoki savdogar oiladan bо‘lsa yoki er-xotindan biri shahardan, ikkinchisi qishloqdan bо‘lsa bu ijtimoiy –madaniy tafovutlar xam er-xotin о‘rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kelin-kuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida xam, iqtisodiy ta’minlanganlikda xam bir-biriga mushtarak bо‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Ziddiyat ko'pincha ma'lum bir naqrsalarga bo'ysunish bilan bog'liq ekanligi sababli, ularning paydo bo'lishining mohiyatini tushunish, turli xil pedagogik vaziyatlarda muvaffaqiyatli ruxsat olish uchun aniq mexanizmlardan foydalanish zarur. Mojarolarning paydo bo'lishining sabablarini tushunish va kelgusida boshqaruv mexanizmlaridan muvaffaqiyatli foydalanish kelgusida nizolarni kelib chiqmasligiga olib keladi. Oilaviy nizolarni oldini olishda oila a’zolaridan har bir vaziyatda o’zini to’g’ri tuta olish, tarbiyalanganlik, oilada o’zaro hurmatning, ijtimoiy sog’lom psixologik muhitning shakllanganligi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oilada er erligini, ayol- ayolligini qilsagina oilada tinchlik bardavom bo’ladi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ularni nafaqat dunyoviy, zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, balki mintalitetimizizni o’rgatish, diniy bilimlar bilan ham qurollantirish zarur. Download 275 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling