O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


Download 0.69 Mb.
bet238/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq payli investitsiya fondlarining muomaladagi investitsiya paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular tegishli ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan kompaniyadan sotib olingan (to‘langan) taqdirda, bitimning haqiqiy narxi, agar u investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda investitsiya payining hisob-kitob qiymatiga teng bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadida qabul qilinadi.
(327-moddaning yigirma beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu bandda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxi va narxning cheklangan tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib aniqlangan eng yuqori va eng past narxi o‘rtasidagi oraliqda turgan bo‘lsa, bozor narxi deb e’tirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul qilinadi.
Ushbu modda maqsadlari uchun muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar narxining cheklangan tarzda chetga chiqishi, ushbu qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan 20 foiz miqdorda ko‘payishidan yoki kamayishidan kelib chiqib belgilanadi.
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘oz hisob-kitob qilingan narxidan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam narxidan va narxlarning chegaraviy tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib hisoblangan narxidan past narxda realizatsiya qilingan taqdirda, moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy o‘zgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng past narx qabul qilinadi.
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy o‘zgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx bo‘yicha sotib olingan taqdirda, soliq solish maqsadlarida moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qog‘ozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy chetga chiqishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx qabul qilinadi.
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob narxini belgilash tartibi qimmatli qog‘ozlar bozori bo‘yicha vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ochiq payli investitsiya fondlarining qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘lmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan (to‘langan) taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
(327-moddaning o‘ttiz birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yopiq va oraliq payli investitsiya fondlarining muomalada bo‘lmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar bo‘yicha, shu jumladan ular tegishli payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulk ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
(327-moddaning o‘ttiz ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar investitsiya fondlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq payli investitsiya fondlarining muomalasi cheklangan investitsiya paylarini berish, to‘lash yoki ayirboshlash investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati bo‘yicha amalga oshirilmasa, agar bitimning haqiqiy bahosi bitta investitsiya payi beriladigan va payli investitsiya fondini ishonchli boshqarish qoidalariga muvofiq, tebranishlarning eng ko‘p chegarasi hisobga olinmagan holda aniqlangan pul mablag‘larining summasiga teng bo‘lsa, soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
(327-moddaning o‘ttiz uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muomalada bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob qilingan narxi qimmatli qog‘ozni o‘tkazishning barcha muhim shartlarini belgilovchi shartnoma sanasida aniqlanadi.
Soliq solish maqsadlari uchun muomalada bo‘lmagan investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan narxi bitimni tuzish sanasiga eng yaqin bo‘lgan, investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati aniqlanadigan sanadan oldingi sanada aniqlanadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling