O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 414-modda. Soliq imtiyozlari
413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Soliq solish obyektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha soliq bazasi mazkur obyektlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo‘lmasa, soliq bazasi soliq to‘lanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi. 414-modda. Soliq imtiyozlari Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: Oldingi tahrirga qarang. 1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining; (414-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 2) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning; Oldingi tahrirga qarang. 3) yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. (414-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 3-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan yangi neft va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladi. (414-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son) Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi: 1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar; 2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o‘n yil muddatga. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 30-moddasi. Oldingi tahrirga qarang. 3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shu jumladan ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar; (414-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuniga asosan 3-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son — ushbu bandning qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi) Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling