O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


Download 0.69 Mb.
bet328/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

XVIII1 BO‘LIM.
FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLGANLIK UChUN MAXSUS RENTA SOLIG‘I

641-bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash
4541-modda. Soliq to‘lovchilar
Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks 452-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu bo‘limda metallar deb yuritiladi) kiradi.
Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xomashyosi jumlasiga kiradi.
Ushbu Kodeksning 69-bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchi hisoblanmaydi.
4542-modda. Soliq solish obyekti
Ushbu Kodeksning 4543-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan (ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
4543-modda. Renta daromadi
Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 176-moddasi talablari hisobga olingan holda bahoga qo‘shimcha qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq renta daromadi deb e’tirof etiladi.
Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlashdan, rudani boyitishdan) o‘tgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchi rudadan (konsentratlardan) metallarni ajratib olishni yoki qazib olingan uglevodorod xomashyosini mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirsa, metallarni yoki uglevodorodlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar ularga keyinchalik ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda, ularni qayta ishlash mahsulotlarini realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida metallarga va uglevodorod xomashyolariga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash obyektlarini qurish xarajatlarini ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan kapital xarajatlar jumlasiga kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, metallar va uglevodorod xomashyolarining ayrim turlari bo‘yicha ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadga ularni keyinchalik qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar kiritilishi mumkin.
Xarajatlar qilingan soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, realizatsiya qilish uchun yaroqli metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun zarur va yetarli bo‘lgan kapital hamda operatsion xarajatlar metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar deb e’tirof etiladi. Bunda kapital xarajatlar (shu jumladan asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni yaratish yoki olish, infratuzilmani yaratish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun xarajatlar), agar ular yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun tegishli ruxsatnoma yoki litsenziya olingan yer qa’ri uchastkasini (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastka deb yuritiladi) o‘zlashtirishning texnologik shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu texnologik shartlarda nazarda tutilgan tartibda va normativlar doirasida hisobga olinadi.
Ushbu bo‘lim maqsadida operatsion xarajatlar deganda hujjatlar bilan tasdiqlangan va asoslantirilgan barcha xarajatlar tushuniladi, bunda ushbu xarajatlarni amalga oshirmay turib, metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) va ularni birlamchi qayta ishlashga doir ishlab chiqarish jarayoni imkonsiz yoki qiyin bo‘ladi.
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kiradi:
1) zarur xomashyoni, materiallarni, issiqlik va boshqa energiya resurslarini sotib olishga;
2) inventarga, xo‘jalik buyumlariga, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk bo‘lmagan boshqa mol-mulkka;
3) soliq to‘lovchining texnologik, transportga oid, boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan yoqilg‘i, energiyaning barcha turlari, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun energiyaning barcha turlarini ishlab chiqish, shu jumladan soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan ishlab chiqish, shuningdek energiyani transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari;
4) litsenziyalar uchun haq va ijara to‘lovlarini to‘lashga;
5) ushbu Kodeksning 371 — 374-moddalarida nazarda tutilgan xodimlar (shu jumladan chet el tashkilotlarining jalb etilgan xodimlari) mehnatiga haq to‘lashga;
6) qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlarga;
7) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) operatsiyalari doirasida to‘langan soliqlar va yig‘imlarga haq to‘lashga;
8) chetdan jalb qilingan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va xizmatlarga haq to‘lashga.
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kirmaydi:
1) amortizatsiyaga, shu jumladan investitsion chegirmaga (obyektning tugatish qiymati chegirilgan holda);
2) marketing va reklama tadbirlariga;
3) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga;
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki shunga o‘xshash boshqa organi) a’zolari, ma’muriy xodimlar va maslahatchilar mehnatiga haq to‘lashga;
5) soliq to‘lovchining aybi bilan yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etishga;
6) xodimlarning malakasini oshirishga, mobil aloqa va internetga;
7) zaxiralarni tashkil etishga va sug‘urta qilishning ixtiyoriy turlariga;
8) moliyaviy faoliyat bo‘yicha foizlarni yoki boshqa xarajatlarni, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kiritilgan foizlarni to‘lashga.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi metallarni va uglevodorod xomashyolarini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mazkur xarajatlar qilingan, soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, kapital va operatsion xarajatlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ro‘yxatini to‘ldirishga haqli.
Renta daromadini aniqlashda metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, xususan moliya bozorlaridagi operatsiyalardan, shu jumladan xedjirlash operatsiyalaridan olinadigan, shuningdek foizlar va dividendlar tarzidagi, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kapitalizatsiya qilinadigan foizlar tarzidagi daromadlar va xarajatlar hisobga olinmaydi.
Renta daromadini aniqlash chog‘ida uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar ham hisobga olinmaydi, har qanday turdagi budjet subsidiyalari esa renta daromadiga kiritiladi.
Bir necha litsenziyalangan uchastkada metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi har bir bunday uchastkaga nisbatan renta daromadini alohida aniqlashi shart. Bunda soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 80-moddasi talablariga muvofiq to‘g‘ridan to‘g‘ri hisob usulidan foydalangan holda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Bir necha litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyat, agar unda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalarni o‘zlashtirishning texnologik shartlarida metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni keyinchalik qayta ishlash uchun yagona texnologik loyiha nazarda tutilgan bo‘lsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastkalar guruhi deb yuritiladi). Bunda soliq to‘lovchi har bir litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish to‘g‘risidagi qarorni unda litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qo‘shimcha shartlari va tartibini belgilashga haqli. Qarorda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxati unga qo‘shimcha uchastkalarni kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin emas.
Soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorda ko‘rsatilgan, ilgari ro‘yxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada foydali qazilmalarni (metallarni yoki uglevodorod xomashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani (litsenziyani) qaytargan, undan o‘zganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda, bunday uchastka ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar esa uning renta daromadini oshiradi.
Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) bo‘lsa, o‘sha litsenziyalangan uchastka bilan bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi.
Soliq to‘lovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olgan kundan e’tiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari bo‘yicha mustaqil ravishda aniqlaydi.
Renta daromadini aniqlash chog‘ida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning 4544-moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy bo‘lib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi ijobiy farq renta zarari deb e’tirof etiladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling