O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
13-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash
106-modda. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari Soliq majburiyatining bajarilishi mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati, penyalar, bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatilishi va soliq to‘lovchining mol-mulkini xatlash bilan ta’minlanishi mumkin. Soliq to‘lovchining soliq majburiyatini bajarish bo‘yicha ta’minlash chorasi sifatida mol-mulkni xatlash uning arizasiga ko‘ra: 1) qimmatli qog‘ozlar uyushgan bozorida muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning garovi yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulk garovi bilan; 2) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi shaxsning kafilligi bilan almashtirilishi mumkin; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 108-moddasi. 3) ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan bank kafolati bilan. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 109-moddasi. Ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan amaldagi bank kafolati berilgan taqdirda, soliq organi soliq to‘lovchiga ushbu bandda nazarda tutilgan ta’minlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari, ularni qo‘llash tartibi va shartlari ushbu bobda belgilanadi. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar bo‘yicha bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlashning boshqa choralari ham qo‘llanilishi mumkin. (106-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: Fuqarolik kodeksining 22-bobi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling