O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq davri. Hisobot davri


Download 0.69 Mb.
bet282/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

384-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
Soliq agentlari uchun hisobot davri bir oydir.
56-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi
385-modda. Umumiy qoidalar
Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lanadi:
1) soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan soliq agentlari tomonidan;
2) soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi.
Soliq to‘lovchilarning alohida toifalari soliqni:
ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashni;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 392-moddasi.
ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida to‘lashni tanlashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 397-moddasi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi:
1) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida yuz million so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Agar kalendar yilida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi belgilangan miqdordan oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda aylanmadan soliq yoxud qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lashga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(385-modda uchinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son)
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolariga;
4) “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq to‘lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli:
1) tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi chog‘ida tanlangan soliq to‘lash tartibini ko‘rsatish;
2) doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq organlariga joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq to‘lash tartibi to‘g‘risida bildirish xati taqdim etish.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi tomonidan bildirish xati ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmasligi uning soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lashga roziligini bildiradi.
Soliq ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq organi tomonidan ham hisoblab chiqarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi.
(385-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
(385-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling