O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi


Download 0.69 Mb.
bet284/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

388-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga to‘lov manbaida qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy ma’lumotlarini hamda birlamchi hisobga olish hujjatlari ma’lumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq to‘lovchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar, soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan daromad turlari va to‘lov manbaida unga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, ularni to‘lash sanasi, soliq to‘lovchining maqomi, soliqni ushlab qolish va to‘lash sanasi ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq agentlari soliq to‘lovchining ushbu Kodeksning 387-moddasida ko‘rsatilgan daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart.
Soliqning hisoblangan summasini soliq to‘lovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul mablag‘lari hisobidan, bu pul mablag‘lari soliq to‘lovchiga yoki uning topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu bo‘limda belgilangan soliq bazasi hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan e’tiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq to‘lovchining ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovg‘a, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi joriy yilda o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi soliq agentiga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq ushbu Kodeks 378-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisida va 380-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilmagan holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan e’tiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan to‘lov amalga oshirilganda, bunday to‘lovlar ushbu Kodeks 378-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisida va 380-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llanilmagan holda soliqqa tortiladi.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning yakuniy summasi jami yillik daromad to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 45, 378, 387, 380-moddalari.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling