XIX BO‘LIM.
YIG‘IMLAR
Oldingi tahrirga qarang.
65-bob. Yig‘imlar
(65-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
455-modda. Yig‘imlarning turlari
Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im;
2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan:
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im;
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im.
(455-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” Qonunning 15-ilovasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4551-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
456-modda. Soliq to‘lovchilar
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
(456-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |