O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


Download 0.69 Mb.
bet330/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

4545-modda. Soliq stavkalari
Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi.
Yer qa’ri uchastkasidan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish yoki ahamiyatli tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan, avval qidiruv o‘tkazilgan yer qa’ri uchastkasida alohida obyektlar bo‘yicha metallarni yoxud uglevodorod xomashyosini qazib olish huquqi tanlov savdolariga qo‘yilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining ishtirokchilari soliq stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq to‘lovchi soliqlarni oshirilgan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
4546-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Yilning choragi hisobot davridir.
4547-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 4544-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi bo‘yicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi.
Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq to‘lovchi tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
renta zarari mavjud bo‘lgan davrda — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
soliq bazasi mavjud bo‘lgan davrda — har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Soliqni to‘lash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(XVIII1 bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son — Ushbu bobning qoidalari metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olish 2022-yil 1-yanvardan keyin boshlanadigan litsenziya olingan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi.)

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling