O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


Download 0.69 Mb.
bet352/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 2020-yil 31-dekabrdagi holatga ko‘ra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:
faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
2020-yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
2020-yil 15-maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha.
2021-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:
foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Quyidagilar mol-mulk solig‘ini, yer solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari — 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi 45 ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari — 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham ozod qilinadi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi — oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Hunarmand” uyushmasining a’zolariga berilgan soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining a’zolari bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-martga qadar bo‘lgan davr uchun tatbiq etiladi.
Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunasi, reagentlar va sarflash materiallari 2024-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
(483-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son — 483-moddaning sakkizinchi qismi 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi tahrirga qarang.
2021-yilning 10-oktabridan 2022-yil 30-aprelga qadar bo‘lgan davrda tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yil 10-oktabrdan 2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda esa go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
(483-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi O‘RQ-767-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-son — 2022-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.)

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling