O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
107-modda. Mol-mulk garovi
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliqlarni to‘lash majburiyati mol-mulk garovi bilan ta’minlanishi mumkin. Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to‘lovchining o‘zi yoki uchinchi shaxs garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi. (107-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq o‘ziga nisbatan garov belgilanishi mumkin bo‘lgan mol-mulk, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, garov predmeti bo‘lishi mumkin. (107-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Boshqa shartnoma bo‘yicha garov predmeti soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha garov predmeti bo‘lishi mumkin emas. Garov chog‘ida mol-mulk garovga qo‘yuvchida qolishi yoxud garovga qo‘yuvchining mablag‘lari hisobiga soliq organiga (garovga oluvchiga), garovga qo‘yilgan mol-mulkning but saqlanishini ta’minlash majburiyati unga yuklangan holda, topshirilishi mumkin. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan biron-bir bitimni, shu jumladan soliq qarzi summalarini uzish maqsadida bitimlarni tuzish faqat garovga oluvchi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usuli sifatida garov belgilashda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, fuqarolik qonunchiligining qoidalari qo‘llaniladi. (107-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: Fuqarolik kodeksining 264 — 289-moddalari. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling