Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Transfert narxni belgilashda
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
195-modda. Transfert narxni belgilashda
soliq nazoratini oʻtkazish tartibi (1-q.) Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori asosida uning mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladi. (2-q.) Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 182-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan bildirishnoma yoki xabarnoma olingan kundan eʼtiboran toʻrt yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida soliq toʻlovchini xabardor qiladi. (4-q.) Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq summasi soliq hisobotida ilgari berilganidan koʻra kam miqdorda (zarar summasi - kattaroq miqdorda) aks ettirgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan boʻlsa, tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror ushbu aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan eʼtiboran toʻrt yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin. Bunda tekshiruv faqat tuzatish kiritish amalga oshirilgan nazorat qilinadigan bitimga nisbatan oʻtkaziladi. (5-q.) Tekshiruv olti oydan oshmaydigan muddatda oʻtkaziladi. (6-q.) Tekshiruv oʻtkazish muddati uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran va bunday tekshiruv oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotnoma tuzilgan kunga qadar hisoblab chiqariladi. (7-q.) Alohida hollarda, tekshirish oʻtkazishning mazkur muddati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga koʻra oʻn ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. (8-q.) Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslarini va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (9-q.) Chet davlat organlaridan axborot olish, soliq toʻlovchi tomonidan chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish va (yoki) oʻzbek yoki rus tiliga tarjima qilish zarur boʻlgan taqdirda, tekshiruv oʻtkazish muddati qoʻshimcha ravishda olti oydan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin. (10-q.) Agar tekshiruv chet davlat organlaridan axborot olish uchun uzaytirilgan boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soʻralayotgan axborotni olti oy ichida ololmagan boʻlsa, mazkur tekshiruvni uzaytirish muddati qoʻshimcha ravishda uch oyga koʻpaytirilishi mumkin. (11-q.) Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuboriladi. (12-q.) Agar nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining mustaqil shaxslar oʻrtasidagi taqqoslanadigan bitimlarning shartlari bilan taqqoslanishini aniqlash uchun soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 23-bobida koʻrsatilgan usullarni yoki ularning kombinatsiyasini qoʻllagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tekshiruvni amalga oshirish chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilgan usulni (usullar kombinatsiyasini) qoʻllaydi. (13-q.) Agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nazorat qilinadigan bitimni tuzish shartlaridan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilgan usul (usullar kombinatsiyasi) nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining mustaqil shaxslar oʻrtasidagi taqqoslanadigan bitimlar shartlari bilan taqqoslanishi mumkinligi yoki taqqoslana olmasligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa chiqarishga imkon bermasligini isbotlasa, boshqa usul (usullar kombinatsiyasi) qoʻllanilishi mumkin. (14-q.) Tekshiruv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilmagan boshqa usullarni qoʻllashga haqli emas. (15-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlovchiga tekshirilayotgan bitimga (bir xil bitimlar guruhiga) nisbatan ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish haqidagi talabnomani yoʻllashga haqli. (16-q.) Talab qilinayotgan hujjatlar tegishli talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladi. (17-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan bitimlarning ushbu bitimlarga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega boʻlgan ishtirokchilaridan hujjatlarni (axborotni) talab qilishga haqli. Hujjatlarni (axborotni) bunday talab qilish hujjatlarni talab qilishning ushbu Kodeksning 147-moddasida belgilangan tartibiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi. (18-q.) Tekshiruvning oxirgi kunida tekshiruvchi oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani tuzishi shart boʻlib, unda tekshiruv predmeti va uni oʻtkazish muddatlari qayd etiladi. (19-q.) Oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma oʻziga nisbatan bunday tekshiruv oʻtkazilgan shaxsga yoki uning vakiliga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki u olingan sana haqida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. (20-q.) Agar soliq toʻlovchi (uning vakili) oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olishdan bosh tortsa, mazkur maʼlumotnoma soliq toʻlovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. (21-q.) Oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda, buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda beshinchi kun u topshirilgan sana deb hisoblanadi. (22-q.) Agar tekshiruv natijalariga koʻra soliq summasining kamayishiga (zarar summasining oshishiga) olib kelgan, nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlaridan chetga chiqishi faktlari aniqlangan boʻlsa, tekshiruvni oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxslar belgilangan shakldagi tekshiruv dalolatnomasini tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida tuzishi kerak. (23-q.) Tekshiruv dalolatnomasi tekshiruvni oʻtkazgan mansabdor shaxslar va oʻziga nisbatan ushbu tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. (24-q.) Oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tekshiruv dalolatnomasini imzolashni rad etgan taqdirda ushbu dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritiladi. (25-q.) Tekshiruv dalolatnomasi ushbu Kodeksning 156-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda tuziladi. (26-q.) Tekshiruv dalolatnomasi nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlari oraligʻi chegarasidan chiqishining hujjatlar bilan tasdiqlangan faktlarini ham, shuningdek ushbu holat soliq summasining kamayishiga (zarar summasining oshishiga) olib kelganligining asoslanishini va bunday kamayish (koʻpayish) summasining hisob-kitobini oʻz ichiga olishi kerak. (27-q.) Tekshiruv dalolatnomasi oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsga u tuzilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida yoki ushbu shaxsning vakiliga imzo qoʻydirib topshirilishi yoki olingan sana haqida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirilishi kerak. (28-q.) Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tekshiruv dalolatnomasini olishdan bosh tortsa, ushbu fakt tekshiruv dalolatnomasida aks ettiriladi va tekshiruv dalolatnomasi yuridik shaxsning joylashgan yeri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. (29-q.) Tekshiruv dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda, buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda beshinchi kun u olingan sana deb hisoblanadi. (30-q.) Oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) tekshiruv dalolatnomasida bayon qilingan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga umuman mazkur dalolatnoma boʻyicha yoki uning alohida qismlari boʻyicha yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli. (31-q.) Bunda mazkur shaxs oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlariga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga topshirishga haqli. (32-q.) Bunday eʼtirozlar soliq tekshiruvi dalolatnomasi olingan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida taqdim etiladi. (33-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan dalolatnomani, boshqa tekshiruv materiallarini va dalolatnomaga doir yozma eʼtirozlarni koʻrib chiqish, shuningdek tekshiruv natijalariga koʻra qaror qabul qilish ushbu Kodeksning 158-160-moddalarida nazarda tutilgan materiallarni koʻrib chiqish va soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul qilish tartibiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling