Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
206-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan
olinadigan daromadlar (1-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining daromadlarini aniqlashda ushbu Kodeksning maqsadida uning quyidagi daromadlari hisobga olinadi: 1) ushbu chet el kompaniyasi tomonidan olingan dividendlar; 2) yuridik shaxslarning, boshqa shaxslarning yoki ular birlashmalarining foydasini yoki mol- mulkini taqsimlash natijasida, shu jumladan ularni tugatish chogʻida taqsimlash natijasida olinadigan daromadlar; 3) har qanday turdagi qarz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan foydada ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan obligatsiyalar va ayirboshlanadigan obligatsiyalar boʻyicha foizli daromad; 4) royalti; 5) chet el huquqi boʻyicha yuridik shaxs boʻlmagan chet el tashkilotida aksiyalarni (ulushlarni) realizatsiya qilishdan va (yoki) huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishdan olinadigan daromadlar; 6) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga (hosila moliyaviy vositalariga) doir operatsiyalar boʻyicha daromadlar; 7) koʻchmas mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar; 8) mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, shu jumladan lizing operatsiyalaridan olinadigan daromadlar, bundan dengiz yoki havo kemalarini va (yoki) transport vositalarini, shuningdek xalqaro tashishlarda foydalaniladigan konteynerlarni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar mustasno. Bunda lizing oluvchi tomonidan lizing predmetini olish va undan foydalanish bilan bogʻliq lizing operatsiyalaridan olinadigan daromad lizing toʻlovining lizing beruvchiga lizingga berilgan mol-mulk qiymatini toʻlashni chiqarib tashlangan holdagi barcha summasidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi; 9) investitsiya pay fondlarining investitsiya paylarini realizatsiya qilishdan (shu jumladan toʻlanishidan) olinadigan daromadlar; 10) maslahat berish, yuridik, buxgalterlik, auditorlik, injiniring, reklama, marketing xizmatlari, axborotga ishlov berish xizmatlari koʻrsatishdan, shuningdek ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar; 11) xodimlarni taqdim etishga oid xizmatlardan olinadigan daromadlar; 12) ushbu modda birinchi qismining 1-11-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarga oʻxshash boʻlgan boshqa daromadlar; 13) boshqa daromadlar. (2-q.) Ushbu Kodeksning maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 1-12-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb, ushbu moddaning birinchi qismi 13-bandida koʻrsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Agar bunda chet el kompaniyasining asosiy faoliyati ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan daromadlarni olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa va chet davlatning (hududining) qonunchiligiga muvofiq maxsus litsenziya asosida amalga oshirilsa, koʻrsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. Xususan, banklar uchun bunday daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling