202-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim
shartlarining barqarorligi
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik oʻzgartirilganda narxni belgilash haqidagi bitimning
narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish, unga oʻzgartishlar kiritish va uning amal qilishini
tugatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qismiga taalluqli shartlari oʻzgarishsiz
qoladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliq toʻlovchining faoliyatiga va narx belgilashga
taʼsir qiluvchi oʻzgartirishlar boʻlgan taqdirda, bitim taraflari narxni belgilash toʻgʻrisidagi
bitimning matniga tegishli oʻzgartishlar kiritishga haqli.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi qism)
VII BOʻLIM.
NAZORAT QILINADIGAN ChET EL
KOMPANIYALARINING FOYDASIGA
SOLIQ SOLISH SHARTLARI VA
UMUMIY QOIDALARI
26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga
soliq solishning umumiy qoidalari (203 - 209-moddalar)
26-BOB. NAZORAT QILINADIGAN ChET EL
KOMPANIYALARINING FOYDASIGA SOLIQ
SOLISHNING UMUMIY QOIDALARI
203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining
foydasiga solinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar
204-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining
foydasini soliq solishdan ozod qilish
205-modda. Aktiv chet el kompaniyalari va aktiv
chet el xolding kompaniyalari
206-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar
207-modda. Daromadlarga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasi
208-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining
foydasini soliq solishda hisobga olish tartibi
209-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi va
nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar
Do'stlaringiz bilan baham: |