Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Javobgarlikka tortishning umumiy shartlari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

212-modda. Javobgarlikka tortishning umumiy shartlari 
(1-q.)
Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksda nazarda 
tutilganidan boshqa asoslar boʻyicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
(2-q.)
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran 
javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 


(3-q.)
Yuridik shaxsning soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun javobgarlikka 
tortilishiga mazkur huquqbuzarlik sodir etilganligi fakti soliq organining kuchga kirgan qarorida 
aniqlanganligi asos boʻladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka 
tortilishi tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini maʼmuriy, jinoiy 
yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi. 
(5-q.)
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi uni 
toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar (yigʻimlar) va penyalarning summalarini toʻlash (oʻtkazish) 
majburiyatidan ozod etmaydi. 
(6-q.)
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid 
huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs 
oʻzining soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor emasligini isbotlashi shart emas. 
(7-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik fakti va shaxsning uni sodir etishda aybdorligi toʻgʻrisida 
dalolat beruvchi holatlarni isbotlash majburiyati soliq organlarining zimmasiga yuklatiladi. 
213-modda. Javobgarlikka tortishni 
istisno etuvchi holatlar 
(1-q.)
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech 
boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas: 
1) soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi
2) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi
3) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari oʻtib 
ketganligi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud boʻlganda ham shaxs 
soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling