Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 217-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi
216-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi
va ogʻirlashtiruvchi holatlar (1-q.) Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar ogʻir kechishi oqibatida soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish; 2) tahdid yoki majburlash taʼsirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish; 3) sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb topilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar. (2-q.) Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat deb eʼtirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilgan shaxs bu choralar qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bunday huquqbuzarlikni qayta sodir etmagan boʻlsa, u javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi. (3-q.) Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan belgilanadi va moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilganda inobatga olinadi. 217-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi (1-q.) Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran yoki mazkur huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran va javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytga qadar besh yil (oʻtish muddati) oʻtgan boʻlsa, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. (2-q.) Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran muddatning oʻtishini hisoblab chiqarish barcha soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi, ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bundan mustasno. (3-q.) Muddatning oʻtishini tegishli soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi. (4-q.) Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxs soliq tekshiruvini oʻtkazishga faol qarshilik koʻrsatgan boʻlsa va ushbu soliq tekshiruvini oʻtkazish hamda budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini soliq organlari tomonidan aniqlash uchun bartaraf etib boʻlmaydigan toʻsiqqa aylangan boʻlsa, javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi toʻxtatiladi. (5-q.) Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi ushbu Kodeks 144-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan dalolatnoma tuzilgan kundan eʼtiboran toʻxtatilgan deb hisoblanadi. Mazkur holatda javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugagan va muddat oʻtishini tiklash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran qayta tiklanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling