Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

221-modda. Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob 
terminallarini qoʻllash tartibini buzish 
(1-q.)
Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qoʻllanilishi 
majburiy boʻlgani holda, ularni qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar 
koʻrsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni 
yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni 
bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek hisob-kitob 
terminallari orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik -
besh million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 
(2-q.)
Soliq organlarida roʻyxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qoʻllagan yoki sotib 
oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda 
savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar koʻrsatganlik, -
yetti million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 
(3-q.)
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq toʻlovchi 
tomonidan foydalanilishi, -
yigirma million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 


(4-q.)
Texnik talablarga muvofiq boʻlmagan yoki xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-
kassa texnikalaridan foydalanganlik, -
yigirma million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 
222-modda. Daromadlar va (yoki) xarajatlarni 
hisobga olish qoidalarini buzish 
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish 
(daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish kitobi) qoidalarini buzish -
besh yuz ming soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 
223-modda. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) 
(1-q.)
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) - 
yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida 
jarima solishga sabab boʻladi.
(2-q.)
Yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasidan ushbu Kodeksga 
muvofiq soliqlarni hisoblash amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning maqsadida soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb 
quyidagilar eʼtirof etiladi:
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish 
registrlarida aks ettirmaslik; 
yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar boʻyicha 
tashish; 
hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya 
qilish joyida mavjud emasligi; 
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va 
realizatsiya qilish; 
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, 
soxtalashtirish yoki yoʻq qilish; 
qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; 
nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda oʻzgartirish 
kiritish; 
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga 
qoʻshish; 
tovarlarni sotishdan (xizmat koʻrsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi 
davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish); 
moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) 
normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni notoʻgʻri qoʻllash; 
ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi 
soliq hisobotida aks ettirilmaganligi; 
mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi; 
realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan 
qiymatidan pasaytirilgan narxlar boʻyicha aks ettirish; 
qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida toʻliq aks ettirilmaganligi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) 


(4-q.)
Ushbu modda uchinchi qismining oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida 
koʻrsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi oʻn 
ikki oy uchun aniqlanadi. 
(5-q.)
Hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar 
(xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga 
oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish -
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida koʻrsatilgan realizatsiya 
qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling