Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-1-modda. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

227-1-modda. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud 
avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan 
jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan 
integratsiya qilinishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikda 
beligilangan talablarni yoki tartibni, shuningdek 
tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari 
orqali majburiy raqamli markirovkalash 
qoidalarini buzish 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) 
Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan 
jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash 
boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni 
(mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya 
vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish - 
realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima 
solishga sabab boʻladi. 
29-BOB. SOLIQ TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI 
BUZGANLIK UCHUN BANKLARNING JAVOBGARLIGI 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi bob nomi) 
228-modda. Soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penyalar va 
jarimalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarni 
bajarish muddatlarini buzish 
229-modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va 
operatsiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) 
soliq organiga taqdim etmaslik 
228-modda. Soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penyalar 
va jarimalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi 
topshiriqnomalarni bajarish 
muddatlarini buzish 
Bank tomonidan soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penya va jarima summasini oʻtkazish 
toʻgʻrisidagi soliq toʻlovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini 
bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) - 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz 
ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun oʻtkazilmagan 
summa bir foizining beshdan bir qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab 
boʻladi. 



Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling