Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
T/r
Faoliyat turi Bir oylik soliq stavkalari (soʻmda) Toshkent shahri Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari 1. Chakana savdo: oziq-ovqat tovarlari va nooziq- ovqat tovarlari bilan 825 000 660 000 330 000 220 000 dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan 275 000 165 000 110 000 55 000 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 275 000 165 000 110 000 55 000 2. Maishiy xizmatlar 275 000 165 000 110 000 55 000 3. Boshqa faoliyat turlari 250 000 165 000 110 000 55 000 4. Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari: 3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 165 000 3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 250 000 (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Soliq toʻlovchi: bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shugʻullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun oʻrnatilgan yuqori stavkada soliq toʻlanadi; tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur; I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, oyiga qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi; "Hunarmand" uyushmasi aʼzosi boʻlgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etiladi; bolalar oʻyin avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi. (3-q.) Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi. (4-q.) Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling