Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning jami daromadini kamaytirish
379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish
Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi: 1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa - Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; 2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha; 3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat koʻrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa - oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha; 4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa - oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha; 5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari - agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha. 380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning jami daromadini kamaytirish (1-q.) Quyidagi soliq toʻlovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) ozod etiladi: (OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 1) "Oʻzbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Bu imtiyoz tegishincha "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi; 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, nogironligi boʻlgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi boʻlgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi asosida beriladi; (OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-770-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 3) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi; (OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-770-son Qonuni tahriridagi band) 4) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Bu imtiyoz "Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" yoki "Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)", "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli organlari va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi; (OʻzR 29.10.2021-y. OʻRQ-726-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 5) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz onalar. Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma asosida beriladi; 6) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor hamda boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Bu imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, yangi nikohdan oʻtmaganlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi; 7) bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnomasi asosida beriladi. (2-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qoʻllaniladi. (3-q.) Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga boʻlgan huquqlar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran qoʻllaniladi. (4-q.) Agar soliq toʻlovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos boʻyicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega boʻlsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi. (5-q.) Soliq imtiyozini qoʻllash soliq toʻlovchining asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi boʻyicha, asosiy ish joyi mavjud boʻlmagan taqdirda esa - yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chogʻida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq yoʻqotilgan taqdirda, soliq toʻlovchi imtiyozga boʻlgan huquqni yoʻqotgan paytidan eʼtiboran oʻn besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga maʼlum qilishi kerak. (6-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi boʻyicha hisoblansa, soliq imtiyozini qoʻllash asosiy ish joyi boʻyicha amalga oshiriladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy boʻlmagan ish joyi boʻyicha hisoblansa, soliq imtiyozi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida soliq toʻlovchining yashash joyidagi soliq organlari tomonidan qoʻllaniladi. Shunga oʻxshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling