Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
392-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq
toʻlashning xususiyatlari (1-q.) Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda toʻlaydi. (2-q.) Soliq toʻlovchi qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni u tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik subyekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga oshiradi. (3-q.) Bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanayotgan soliq toʻlovchilar har bir faoliyat turi boʻyicha qatʼiy belgilangan miqdorda soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan miqdorda toʻlaydi. (4-q.) Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash qoʻllaniladigan faoliyatdan olinadigan daromadlar bilan birga boshqa daromadlar oluvchi soliq toʻlovchilar bu daromad turlari boʻyicha alohida hisob yuritishi shart va bu daromadlar boʻyicha jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Kodeksning 381-moddasida belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydi. (5-q.) Agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi. (6-q.) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi. (7-q.) Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni toʻxtatib turish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) soliq organlari tomonidan olingan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborot; 2) soliq organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimga berilgan hisobga olish kartochkalari. (8-q.) Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchilar daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart. (9-q.) Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari quyidagilardir: 1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) daromadlarini va xarajatlarini hisobga olish kitobi; 2) Tovar cheklari kitobi. (10-q.) Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. (11-q.) Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik subyektini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) arizasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi. (12-q.) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha, hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling