Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
374-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash
Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) qonunchilikka muvofiq: (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtil uchun toʻlov, shuningdek ushbu taʼtildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlovi; b) noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov; v) oʻqish bilan bogʻliq taʼtil va ijodiy taʼtillar uchun toʻlov; g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov; 2) asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar; 3) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun toʻlov; 4) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga toʻlov; 5) qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi; 6) maʼlum muddatga avvalgi ish joyi boʻyicha lavozim maoshi miqdori saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turgan xodimlarga maoshdagi farq toʻlovi; 7) xodimlarga kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishlari vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha ularga toʻlanadigan ish haqi; 8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun toʻlov; 9) mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha toʻlov; 10) qonunchilikka muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun toʻlov; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun toʻlov; 12) asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda oʻquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga toʻlov; 13) ish beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pensiyalar va nafaqalarga qoʻshimchalar, stipendiyalar; 14) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun ish beruvchi hisobidan toʻlanadigan nafaqalar. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling