Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 373-modda. Kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya)
372-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar
Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yillik ish yakunlari boʻyicha pul mukofoti; 2) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar; 3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 377-moddasining 10-bandida koʻrsatilmagan moddiy yordam; 5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar; 6) ratsionalizatorlik taklifi uchun toʻlov; 7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar. 373-modda. Kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya) Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining choʻl va suvsiz joylarda, baland togʻli va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasini aniqlash hisoblash sanasida belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar; 3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar; 4) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar; 5) doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan ustamalar; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 6) ish beruvchi joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha borish va u yerdan qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan holda yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh miqdorida toʻlanadigan summalar; 7) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlar; 8) qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha dala taʼminoti; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 9) xizmat safarlari vaqtida qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 10) ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun toʻlovlar; 11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun toʻlovlar; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 12) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10- bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar; 13) oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yoʻl chiptalarining qiymatini qoplash. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling