Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

367-modda. Daromad olingan sana 


(1-q.)
Ushbu boʻlimning maqsadida daromad olingan sana quyidagicha aniqlanadi: 
1) daromadni toʻlash kuni, shu jumladan daromadni soliq toʻlovchining banklardagi 
hisobvaraqlariga oʻtkazish yoki daromadlar pul shaklida olinganda - daromadni soliq 
toʻlovchining topshirigʻiga koʻra uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazish kuni; 
2) daromadlar natura shaklida olinganda - daromadlarni natura shaklida berish kuni;
3) daromadlar moddiy naf tarzida olinganda - tovarlarni (xizmatlarni), qimmatli qogʻozlarni 
sotib olish kuni. Agar sotib olingan qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash ushbu qimmatli qogʻozlarga 
boʻlgan mulk huquqi soliq toʻlovchiga oʻtganidan keyin amalga oshirilsa, daromadning haqiqatda 
olingan sanasi sotib olingan qimmatli qogʻozlarning qiymatiga tegishli toʻlovni toʻlash kuni 
sifatida aniqlanadi; 
4) bir turdagi qarama-qarshi talablarni hisobga olish kuni; 
5) belgilangan tartibda soliq agenti tomonidan umidsiz qarz hisobdan chiqarilgan kun
6) xodim safardan qaytganidan keyin boʻnak hisobot tasdiqlangan oyning oxirgi kuni. 
(2-q.)
Mehnatga haq toʻlash tarzida daromad olinganda bunday daromadning olingan sanasi 
deb, soliq toʻlovchiga mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida mehnat majburiyatlarini 
bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan oyning oxirgi kuni eʼtirof etiladi, shuningdek 
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya toʻlangan 
sana eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Kalendar oy tugaguniga qadar mehnat munosabatlari bekor qilingan taqdirda, soliq 
toʻlovchi tomonidan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadning haqiqatda olingan sanasi 
deb unga daromad hisoblangan oxirgi ish kuni eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining summasi tarzidagi daromadlar 
uchun daromadning haqiqatda olingan kuni deb chet el kompaniyasi yoki tuzilmasi roʻyxatdan 
oʻtkazilgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot 
tuziladigan davrning tugallanish sanasi toʻgʻri keladigan kalendar yildan keyingi soliq boʻyicha 
soliq davrining oxirgi sanasi eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
(5-q.)
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning 
qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish majburiyatlari mavjud 
boʻlmagan taqdirda, bunday kompaniya foydasining summasi tarzidagi daromadning haqiqatda 
olingan sanasi deb foyda aniqlanadigan kalendar yilidan keyingi kalendar yilning oxirgi kuni 
eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling