Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

XIII BOʻLIM. 
JISMONIY SHAXSLARDAN 
OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI 
52-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti 
va soliq bazasi (364 - 367-moddalar) 
53-bob. Jami daromad (368 - 377-moddalar) 
54-bob. Soliq imtiyozlari (378 - 380-moddalar) 
55-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri (381 - 384-moddalar) 
56-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini 
taqdim etish va toʻlash tartibi (385 - 392-moddalar) 
57-bob. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya 
asosida daromadlarga soliq solish (393 - 401-moddalar) 
52-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILAR, SOLIQ SOLISH 
OBYEKTI VA SOLIQ BAZASI 
364-modda. Soliq toʻlovchilar 
365-modda. Soliq solish obyekti 
366-modda. Soliq bazasi 
367-modda. Daromad olingan sana 
364-modda. Soliq toʻlovchilar 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq toʻlovchilari deb (bundan buyon 
ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar; 
2) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi Oʻzbekiston 
Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar. 


365-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
soligʻining (bundan keyin ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb 
hisoblanadi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda soliqni qatʼiy belgilangan 
miqdorda toʻlash xohishini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqqa tortish obyekti 
boʻlib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlar hisoblanadi. 
(OʻzR 
30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling